Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Qo`zg’olon boshlanishi. Rus maxfiy xizmati qo`zg’olon boshida Dukchi 
eshon turganini bilib Eshonni yo`qotish rejasini ishlab chiqdi, qirg’iz va 
o`zbeklarni birlashtirmaslik, qo`zg’olon pala-partish boshlanishini ta’minlashga 
zo`r berdi. Rus maxfiy xizmati qo`zg’olonni oldini olish uchun 1898 yil 17 mayda 
Eshonning hovlisiga bostirib kirib, qo`zg’olon boshlashni talab qildi va jiyani 
Abdulazizni emas Eshonni xon deb e’lon qildi. Muhammad Ali boshchiligidagi 
qo`zg’olon Tojik qishlog’idan boshlanib 17 may kechqurin Andijonga yurishdi.
Qo`shinning ilg’or qismga mulla Ahmad qirg’iz, Eshon qo`shini ikkiga 
bo`linib, biriga Ziyovuddin Maxsum bosh bo`ldi. Qo`zg’olonchilarga Qutchi 
qishlog’ida 200 kishi, mingboshi G’oyibnazar yigitlari bilan, savdogar Aliboy 150 


285 
yigiti bilan qo`shildi. Eshonga qo`shilgan yigitlarga avval ruslarda xizmatkor 
bo`lib, keyin Eshonga murid bo`lgan Muhammad Zulum rahbarlik qildi. 
Qo`zg’olonchilar Andijonning Eski shahariga kirib, 163 kishi 20-Turkiston liniya 
batal’on kazarmasiga hujum qildi. 
Qo`zg’olonchilarning xatolari quyidagilardan iborat edi: uyushmagan 
olomon to`lqini Eshonni oddiy ishtirokchiga aylantirib qo`ydi; qo`zg’olonni 
harbiy intizom asosida boshqarib bo`lmadi; qirg’iz Chibil bo`lis Eshonga 
qo`shilmasdan rus dehqonlariga yurish qildi; Inoyatxon eshon Marg’ilonga, 
Umarbek dodxox esa O`shga hujum uyushtira olmadi. Muhammad Ali 1898 yil 17 
mayda muridlari bilan pala-partish, ochiqchasiga hukumatga qarshi qo`zg’olon 
ko`targanligi rus mustamlakachilari uchun ayni muddao bo`ldi. Chunki siyosiy-
diniy arbob o`zini oshkor qilgan edi, endi Eshonni yo`qotish va qatli om qilish 
mumkin edi.
Qo`zg’olon bostirilishi. Qo`zg’olondan xabar topgan podsho Nikolay II 
Turkistondagi 
noibi 
baron 
Vrevskiyni 
lavozimidan 
chetlatdi, 
general- 
gubernatorlik vakolatini vaqtincha Sirdaryo viloyati general gubernatori 
Korol’kovga yukladi. Bosh shtab unga jazo ekspedisiyasiga rahbardik qilish, yozgi 
mashqlarni bekor qilish, ko`ngilli komanda qo`shinlarini Farg’ona tumanlariga 
yuborish, ruslarni qurollantirish, ishonchli erli amaldorlarga yorliq bilan ov 
miltiqlari berish ishlarini yukladi. Korol’kov 1898 yil 20 mayda «bo`shanglik 
qilgan» Farg’ona viloyat harbiy gubernatoriri, tuman hokimi, Asaka uchastka 
pristavini lavozimidan chetlatdi.
Rus amaldorlari Eshonni tutib kelganga Andijon shahriga starshiy oqsoqol 
qilishni va’da qilishdi. Muhammad Ali va 3 ta muridini Arslonbob yaqinidagi 
Toshko`prikda Qo`qonqishloq mingboshisi Qodirqul, bozor sarkori Yoqub 
qurboshi, shtabs-kapitan Og’abekovlar ruslarga tutib berishdi. Yangi tayinlangan 
general-gubernator Duxovskiy Harbiy Vazir Kuropatkinga yuborgan raportida «Bu 
alanga Farg’onada ko`tarilgan bo`lsada, o`lkaning o`zga hududlarida ham 
g’azovotga xayrixoxlar ko`p. G’alayon tuman doirasidan tashqariga yoyilib ketdi» 
- deb yozgan edi. 


286 
1898 yil 19 mayda Yakkatutda qurollangan dehqonlar jazo otryadiga 
qarshilik ko`rsatdi. Namanganda qirg’izlar; Qo`qon tumanida, Beshariq va Ko`gart 
volostlarida qo`zg’olonchilar kurashni davom ettirdi. Jarkent tumanida g’azovotga 
Ili orti volost’ boshqaruvchilari ham qo`shilib ketganini Sibir’ harbiy okrugi shtab 
boshlig’i Zarubaev 1898 yil 28 iyunda ma’lum qilgan. Farg’ona viloyati shimolida 
Eshonning safdoshlari Chibil bo`lis va Shodibeklar harakatni davom ettirdilar. 
Susamir viloyatidagi erlilar Shodibek boshchiligida g’azovot e’lon qilishdi.
General-gubernator 1898 yil 5 avgustdagi raportida «so`nggi g’alayonlarda» 
Andijon va Marg’ilon shaharlari «eng ashaddiy» g’azovotchilarni etishtirib 
berganini yozgan. General-gubernator Mingtepa, Asaka, Quva, Shaxrixon, Aravon, 
Yakkatut, Yozyovon, Buloqboshi, Ko`gart, Susamir, Kengko`l-Qoraqir volostlari 
qo`zg’olonchilar «uyasi» ekanini xabar qiladi. Jazo ekspedisiyasi boshlig’i 
Korol’kov o`z hisobotida Eshondan keyin qo`zg’olonning eng zo`r etakchilari 
sifatida 14 kishining nomini keltiradi.
Muhammad Ali (Eshon) Andijondagi Yangi shahar hibsxonasiga 
qamalgandan keyin o`zbek, qirg’iz, qipchoq, qoraqalpoqlar «eshonga qarashli 
yordamchilar» deb o`ldirildi. Mustamlakachilar Andijon shahri va tumani 
fuqarolarini eshon bilan «tili» bir deb, xavfsiraganlar. Rus mustamlakachilari 
Andijondagi qo`zg’olon bahonasida qatag’on uyushtirib, eshon va uning yaqin 
qarindoshlarini qatl etishi intiqomdan bir ko`rinish edi. Rus amaldorlari 
Muhammad Ali siymosida faqat qo`zg’olonchilar raxbarini emas, balki o`zlari 
uchun xavfli islom ulamosini ko`rdilar. 
Muhammad Ali va uning safdoshlari 1898 yil 25 iyunda YAngi shahar 
Tuproqqo`rg’oni oldida qatl qilindi. Qo`zg’olon xarakteriga ko`ra milliy-ozodlik 
ko`rinishida yuz berishining sababi, chunki bu qo`zg’olonning asosiy kuchi xalq 
ommasi edi. Qo`zg’olonchilar toptalgan haq-huquqlari, dinu diyonatlari uchun 
tengsiz kurash olib bordilar.
Eshonning jiyani, Qo`qon xoni taxtiga mo`ljallangan 14 yoshli Abdulaziz 
Andijon turmasiga solinganini 1898 yil 3 iyunda Korol’kov xabar qiladi. 
Muhammad Ali hibsga olingach, uni tasdiqlagan guvohlardan biri Mirza Ma’sud 


287 
edi. Eshonni tergov qilganda mirzaboshi Mulla Ismoil qatnashgan. Harbiy sud raisi 
va Eshonning gaplarini uezd (tuman) mahkamasining tarjimoni Eshmuxammad 
to`ra Toshmuxammedov tarjima qilib turgan.
Rus mustamlakachilari 1898 yil Turkiyaning Yunoniston ustidan qozongan 
g’alabasini qutlayotgan musulmon olamida o`ziga xos diniy intiqom olish uchun 
ham Andijon qo`zg’oloni bahonasida Eshon va uning maslakdoshlarini qatl etish 
marosimi bu intiqomdan bir ko`rinish bo`ldi.
Muhammad Ali «Ibrat ul-g’ofilin» (G’ofillar uchun ibratlar) nomli asar 
yozgan. Mustamlakachilar 1898 yil 12 iyundagi qo`zg’olonchilar qatlida maktab 
bolalarining ham qatnashuvi majburiy ekanligi uqtirilgan alohida buyruq e’lon 
qildilar. Yosh bolalar ko`p yillar Rusiya podshohining siyosatini aytib yuradilar, 
degan gubernator Chaykovskiy. Qatl fojeasini ko`rgan bolalrdan biri Fozilbek 
Otabek o`g’li keyinchalik 1927 yil «Dukchi Eshon voqeasi» kitobini nashr qilgan.
Andijondan tashqari Marg’ilon, O`sh va Namangan qo`zg’olonchilari tergov 
qilinib, qatl va Sibirga surgun qilindi. Korol’kov Eshon va uning muridlaridan 
olingan intiqom etarli emasligini ta’kidlab Mingtepadan Andijongacha bo`lgan 
aholini imperiyaning ichkari hududlariga surgun qilishni taklif qildi. Mingtepa 
qishlog’i er bilan yakson qilinib, rus mujiklari uchun 450 xonalik posyolka qurish 
uchun mahalliy aholi mardikor sifatida jalb qilindi.
Xo`qanddagi Avg’on bog’ degan ziroat tajribagoxidagi agronomni 18 mayda 
qo`zg’olonchilar o`ldirgani uchun 500 xonadonning imorat va bog’lari tekislab 
tashlandi. Andijonning Xo`qand qishlog’ida «Duxovskiy maydoni» deyilgan rus 
posyolkasi barpo bo`ldi, o`zbeklar uni «Vayrona-vayrona» degan. «Yarim podsho» 
400 ta rus xonadoniga Mingtepa qishlog’ini «Marhamat» qildik degani uchun 
Mingtepa Marhamat deyildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling