Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Ozodlik harakatlari boshlanishi. Mingtepada chorizmning siyosiy va
iqtisodiy zulmiga qarshi 1878 yil Etimxon boshchiligida g’alayon ko`tarildi. 1879 yil kuzda (570 kishi) g’alayonchilar Farg’ona viloyat boshqarmasiga kelib, Marg’ilon uezdida soliqni kamaytirishni talab qildilar. Komissiya qo`zg’olon sababi viloyatda paxta ekishning avj oldirilishi natijasida boshqa ekinlar keskin kamayganligida, deb ma’lum qiladi. Xo`jand va O`ratepada Raxmonqulihoji va Mirkarimboy boshchiligida namoyish bo`lishiga sabab uezd boshlig’i Putinsev 1880 yil noyabrda qo`shimcha er solig’i e’lon qilishi edi. Talovchilik, soliq va 280 zulmning avj olishi sababli Namangan aholisi 1882 yil boshlarida ma’murlarga qarshi bosh ko`tardi. Aholi 1882 yil O`shda, 1883 yil Chustda ma’murlarga qarshi bosh ko`tardi. Farg’ona vodiysida 1885 yil yozida qo`zg’olon yana avj olib ketdi. Kurash usullari o`zgardi, boylar va volost hokimlarining qo`rg’onlariga o`t qo`yib, hujum uyushtirdilar. «Qo`zg’olonning asosiy sababi o`rinsiz soliqlarga qarshi aholining noroziligidir» - deb aytgan edi Farg’ona viloyat prokurori Medinskiy. Andijon uezdining Qo`rg’ontepa volostida Darveshxon harakati tor-mor qilinib, yordamchisi Mo`minboy dorga osildi. Oqsoqollar, ellikboshilar va mingboshilar saylovi g’alayonga aylandi: 1890 yil yanvarda Namangan uezdi Kapa volostining Qumqo`rg’on jamoasi; 1893 yil fevralda Qo`qon volosti Qashqar va Niyoz qishloqlari, Omoncho`ri jamoasi; 1893 yil Namangan uezdining Oqsuv-Shaxrixon volostidagi Naymanchi, Ko`hna Mozor, Langarbob, Saroy qishloqlarida; 1895-1896 yy. Kengko`l-Qoraqir, Olmos, Sariqsuv, Oqsuv-Shaxrixon volostlarida g’alayonlar bo`ldi. Mustamlakachilar keyinchalik rus va mahalliy qishloqlarni birlashtirib, uning rahbarlarini rus volost’ starshinalaridan qo`ya boshladi. General-gubernator mahkamasi maxsus bo`limi boshlig’ining fikri «to`polon va isyonga moyil» Farg’ona aholisiga harbiy sud o`lim jazosini oshkoro ijro etishi yagona vosita sifatida qabul qilindi. 1892 yildan rus mustamlakachilari oddiy fuqarolarni ma’murlarga qarshilik ko`rsatgan taqdirda dala sudiga berishi va qatl qilishiga ruxsat etildi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling