Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Chorizm qishloqlarni boshqarishda
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rossiyaning ko`chirish siyosati.
Chorizm qishloqlarni boshqarishda 1867 yilgi viloyatlarni boshqarish
haqidagi «Vaqtli Nizom loyihasi»ga amal qildi. «Vaqtli Nizom loyihasi»ga muvofiq ko`chmanchi aholiga 2 bosqichli (volost’ va ovullar); o`troq aholiga 1 bosqichli (oqsoqollar) boshqaruv joriy etildi. Volost’ 1000-2000 xonadondan; ovul jamoasi 100-200 o`tovdan tashkil topgan. CHorizm ko`chmanchi aholining urug’chilik asosidagi tarixiy bo`linishini bekor qildi. Ruslar o`lka aholisiga past nazar bilan qarab «Tuzemsi» deb atadi. 1867-1872 yy. qishloq hayotini o`rgangan komissiya aholini uezd, uchastka, volostlarga bo`lib, ilk bor saylov asosida mahalliy ma’muriyat saylandi; soliqlarni tartibga solish maqsadida aholi birinchi marta ro`yxat qilinib, soliqlar yana oshirildi. Volost’ boshqaruvchisi - mingboshi; qishloq va ovul oqsoqoli 3 yil muddatga saylangan; nomzodlar rus ma’muriyati tasdig’idan o`tgan. 1886 yilgi «Nizom» aholini «qirg’iz va sartlar» sifatida emas, balki «o`troq va ko`chmanchi» - degan ifoda bilan ajratdi. Volost’ boshqaruvchisini saylovchilar vakillarining qurultoyi saylagan. Qurultoyning vaqtini va o`tkaziladigan joyini Tumanboshi belgilagan. Volost’ qurultoyi ikki nomzodni - volost’ boshqaruvchisi va unga muovinni saylagan. Rossiyaning ko`chirish siyosati. Rossiya Turkistonni bosib olgach, o`lkani siyosiy-iqtisodiy qaram qilishga kirishib «Turkiston - ruslar uchun» shiori ostida islohatlarni amalga oshirdi. Rus amaldorlari faqat harbiy kuch va boshqaruv apparati bilan o`lkani uzoq vaqt ushlab bo`lmasligini anglab ruslarni mahalliy aholi orasiga aralashtirib, doimiy yashaydigan rus va slavyan aholi nufuzini tarkib topdirishi hamda ruslarning turli tabaqalarini ko`chirib keltirishi lozim edi. Ko`chirib keltirilgan ruslar zarur paytda zahiradagi qo`shin, chorizm uchun ijtimoiy tayanch qatlam va mahalliy xalq ichida ayg’oqchi bo`lishi lozim edi. Rossiya ko`chirish bo`yicha 3 yarim asrlik tajribaga ega bo`lib, Boltiq bo`yi, 276 Qozon, Sibir’, Qrim, Astraxan xonliklarini bosib olib ko`chirishning har xil shakl va uslublarini egallagan edi. Ruslar dastlab O`rta Osiyoda Sibir’ tajribasini amalga oshirib bo`lmasligining anglashiga sabab, bu erda bo`sh erlar kam edi. Rus aholisini ko`chirish tashabbuskori Kaufman bo`lib, 1875 yil Avliyootada birinchi rus qishlog’ini barpo etdi. Uning davrida 8 ta rus qishlog’i vujudga keldi. Kaufmandan keyin ruslashtirish siyosatini Rozenbax olib bordi. Rus dehqonlari markaziy hududlardagi er taqchilligidan qutulish va boyish uchun Turkistonga oqib kela boshladi. 1875-1890 yy. (15 yilda) 1300 ta rus oilasi ko`chib keldi va 19 ta rus qishlog’i tashkil topdi. 1891-1892 yy. Rossiyadagi ocharchilik tufayli Turkistonga ko`chib keluvchilarning soni ko`payib, ikki yilda 25 ta rus qishlog’i paydo bo`ldi. Rossiyadagi dehqonlardan xovotirlanib «to`polonchi unsurlar»ni Turkistonga ketishiga xayrixox bo`lgan hukumat «Ko`chirib keltirish boshqarmasi»ni tashkil qildi. Rus hukumati «ichki balo» - kambag’al dehqonlardan dvoryan-pomeshchiklarni xalos qilish uchun kam erli va ersizlarga 90-yillar oxiridan «Osiyo Rossiyasi erlaridan» keng imkoniyat yaratdi. Mahalliy dehqonlar eri kamayib ziddiyat kuchayishini e’tiborga olgan rus generallari 1888 yil rus kazaklarining erini yovvoyi hayvonlardan qo`riqlash bahonasida ularni qurollantira boshladi. Aslida rus kazaklarini qurollantirishdan maqsad mahalliy xalq ozodlik harakati boshlasa dehqon kazaklar jangovor qism bo`lishi kerak edi. 1906 yil O`sh tumani Pokrovskoe qishlog’ida va Andijon tumani Kugart volostida rus dehqonlari mahalliy aholi erini tortib ola boshladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling