Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. Toshkent shahar Dumasi. Qishloqlarni boshqarish


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

2-§. Toshkent shahar Dumasi. Qishloqlarni boshqarish 
«Shahar Nizomi». Ruslar shaharlarni bosib olgach ruslashtirildi va rus 
tartiblari asosida idora qilinishiga e’tibor berdi. Bu davrda o`lkaning yirik 
shaharlari Toshkent, Samarqand, Qo`qon, Andijon, Marg’ilon, Namangan
Ashxobod edi. Mahalliy ahamiyatga ega bo`lgan Chimkent, Turkiston, Xo`jand, 
Jizzax, Kattaqo`rg’on shaharlarida iqtisodiy hayot rivojlana bordi. Qal’a shaharlar 
rus bosqinchilarining yurishlari natijasida paydo bo`ldi. Kazalinsk, Pyotor-


273 
Aleksandrovsk, Skobelev, Chernyaevka shaharlari iste’foga chiqqan harbiylar va 
savdogarlar mulkka ega bo`lib, makon tutishi natijasida vujudga keldi. 
SHaharlar ikki qismga bo`linib: 1) Eski shahar-mahalliy aholi yashagan; 2) 
Yangi shahar-ruslar yashagan. Shaharlarni ruslashtirishga ahamiyat berilib, dastlab 
Ettisuv viloyatidagi Seriopol’ va Kopol’ shaharlariga imtiyozlar berildi (korxona 
ochganlar soliqlardan ozod qilindi). Sirdaryo viloyatining Toshkent, Xo`jand, 
Jizzax, Turkiston, Chimkent, Avliyoota, Perovsk, Kazalinsk shaharlaridagi rus 
fuqarolariga ko`p imtiyozlar berilib, musulmonlarning kuchayib ketmaslik 
choralari ko`rildi.
Toshkent 1865 yil bosib olingach harbiy, siyosiy, strategik maqsadlarni 
amalga oshirish uchun markazga aylantirildi: Romonovskiy va amaldorlar sharqiy 
qismida joylashdi; maxsus qo`mita tuzilib mahalliy aholi ko`chirildi, yangi shahar 
uchun mablag’ eski shahar daromadidan qoplandi. Sirdaryo viloyat boshqarmasi 
«Shahar nizomini qo`llash» masalasini 1872 yilda ko`rdi, Peterberg uni 5 yildan 
so`ng kuchga kiritishga ruxsat berdi. Toshkent shahar Dumasining oqsoqoli 
vazifasini 1877-1907 yy. shahar boshlig’i – hokim to`raning o`zi bajardi. Toshkent 
shahri ma’muriy-polisiya qoidalari asosida boshqarildi. Turkiston general-
gubernatorligining faqat Toshkent va Verniy (Olmaota) shaharlarida Nizom 
qo`llanildi.
Toshkentda 1870 yil 80 mingga yaqin aholi yashagan. Aholisi 
hunarmandchilik, savdo, qisman dehqonchilik bilan shug’ullangan. Hunarmandlar 
yashovchi mahallalarda ayniqsa pichoqchilik, zargarlik mashhur edi. Oxunguzar, 
Parchabob va Janggoh mahallalar aholisi savdo va hunarmandchilik bilan 
mashg’ul bo`lishgan. Taxtapul, Sebzor, Labzak, Chuvalachi, Qorasaroy mahallalar 
aholisi asosan dehqonchilik bilan shug’ullangan. Shayxontohur dahasida miskar, 
egarchi, tikuvchi, juvozkashlar yashagan. Sebzor dahasida bo`yoqchi, etikdo`z, 
tikuvchilar yashagan. Beshyog’och dahasida g’isht quyuvchilar yashagan.
Toshkent Chirchiq daryosidan boshlanuvchi Bo`zsuv kanali tizimidagi 9 ta 
shoxobcha orqali sug’orilgan. Aholining ko`payishi, paxta yakkahokimligining 
kuchayishi sababli XIX asr oxirlarida Toshkentda bug’doy ekish keskin kamaydi. 


274 
Milliy istiqlolga erishish g’oyasi dastlab Toshkent ziyolilari tomonidan etishgan 
jadidlar tomonidan ilgari surilgan edi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling