Prokariot bakteriyalarning tuzilishi,ularning kelib chiqishi. Bakteriyalar


Download 1.13 Mb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi1.13 Mb.
#221761
1   2   3   4
Bog'liq
Turobova Sadoqat Organik olam 2

Bakteriyalarning shakllari

Bakteriyalarning koʻp turi tayoqcha shaklida boʻladi. Biroq sharsimon, ipsimon yoki buralgan shaklli mikroorganizmlar ham Bakteriyalarga kiradi. Bakteriyalarning fiziologik xususiyatlari nihoyatda xilma-xil, ular biokimyoviy jihatdan juda faol. Bakteriyalar tuproqda, suvda, suv havzalari zaminida va boshqajoylarda tarqalgan. Ular yagona bir guruh boʻlmay, har xil yoʻllar bilan vujudga kelgan organizmlardir. Baʼzi Bakteriyalar, (mas, ipsimon Bakteriyalar, azotobakter va boshqalar) koʻk-yashil suvoʻtlarga yaqin, ayrim Bakteriyalar esa nursimon zamburugʻlar — aktinomitsetlar bilan urugʻdosh; spiroxetalar va boshqa baʼzi Bakteriyalar bir hujayrali sodda hayvonlarga oʻxshaydi. Bakteriyalarning kattakichikligi, shakli, tuzilishi, harakatchanligi har xil. Sharsimon B.ning diametri, odatda, 1 — 2 mkm, tayoqcha shaklidagilarining yoʻgʻonligi 0,4 dan 0,8 mkm gacha, uzunligi 2 — 5 mkm boʻladi. Baʼzan juda yirik B. ham uchraydi. Mas, Thiophysa macrophusaHr diametri 20 mkm; juda mayda Bakteriyalar ham bor.


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling