Просмотр содержимого документа «8-sinf mavzulashtirilgan testlar»


-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida Qonun chiqaruvchi organ


Download 55.36 Kb.
bet11/19
Sana03.01.2023
Hajmi55.36 Kb.
#1076324
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
huquq fanidan testlar jamlanmasi

13-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida Qonun chiqaruvchi organ.
1. O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy vakillik organini toping?
A) Konstitutsiyaviy sud B) Oliy Majlis C) Oliy Sud D) Vazirlar Mahkamasi
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi necha palatali ekanligini toping?
A) 2 B) 3 C) 1 D) to’g’ri javob yo’q
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi asosiy maqsadlarini toping?
A) manfaatlar muvozanati tizimini shakllantirish B) qonun ijodkorliginining sifatini ta’minlash
C) umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish D) Barcha javoblar to’g’ri
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolati necha yil etib belgilangan?
A) 2,5 yil B) 7 yil C) 5 yil D) 4 yil
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasi nima deb nomlanishini toping?
A) Oliy Kengash B) Senat C) Qonunchilik D) Ombutsman
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasi nima deb nomlanishini toping?
A) Oliy Kengash B) Senat C) Qonunchilik D) Ombutsman
7. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida: O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonun chilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. Deb ko’rsatilgan?
A) 77-modda B) 75-modda C) 76-modda D) 78-modda
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasining soni nechi kishi etib belgilangan?
A) 84 kishi B) 150 kishi C) 135 kishi D) 100 kishi
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasining soni nechi kishi etib belgilangan?
A) 84 kishi B) 150 kishi C) 135 kishi D) 100 kishi
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasining qancha miqdori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi?
A) 14 nafar B) 16 nafar C) 20 nafar D) 15 nafar
11. Oliy Majlis ishini tashkiliy shakli - bu … dir.
A) sessiya B) kengash C) semester D) qurultoy
12. Oliy Majlis sessiyasi bir yilda necha marta charilishi kerak?
A) ikki martadan kam bo’lmagan B) to’rt martadan kam bo’lmagan
C) har oyda bir marta D) Yilida kamida bir marta
13. Oliy Majlis qanday ishlarni amalga oshirishini toping?
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarini tasdiqlash;
2. Konstitutsion, Oliy sudlarni saylash;
3. Markaziy bank raisini saylash;
4. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ko‘rib chiqish va qabul qilish;
5. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetini va davlatning boshqa strategik dasturlarini qabul qilish.
A) 1,2,3 B) 2,4,5 C) 1,3,5 D) 1,2,3,4,5
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi qanday huquqdan foydalanadilar.
A) fuqarolik B) daxlsizlik C) ichki ishlarga aralashish D) tashqi ishlar
15. Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi. Ushbu Konstitutsiyaning nechanchi moddasida keltirilgan?
A) 82-modda B) 80-modda C) 81-modda D) 83-modda
16. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqi kimlarga berilgan?
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlis deputatiga;
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga;
d) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga;
e) Yuqoridagilarning barchasi to‘g‘ri.


Download 55.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling