Proteinaza fermentining sulfogidril birikmalar yordamida aktivlanishi Reja


Adsorbsion immobilizatsiya qilish uchun "tashuvchi" lar


Download 205.81 Kb.
bet11/15
Sana20.06.2023
Hajmi205.81 Kb.
#1635851
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Proteinaza fermentining sulfogidril birikmalar yordamida aktivlanishi

Adsorbsion immobilizatsiya qilish uchun "tashuvchi" lar
Adsorbsion immobilizatsiya uchun ishlatiladigan "tashuvchi" larni ikki sinfga - organik va noorganik tashuvchilarga bо‘lib о‘rganish mumkin.
Noorganik tashuvchilar sifatida kremnezem, alyumin, titan va boshqa elementlar oksidlari, alyumosilikatlar (loylar), shisha, sopol, faollashtirilgan kо‘mir va boshqalar keng ishlatiladi.
Organik tashuvchilar orasida keng tarqalganlari har xil polisaxaridlar, polimerli ion almashuv smolalari, kollagen, tovuq suyaklari va boshqalardir. Tashuvchilar kukun, kichik sharchalar, granulalar sifatida ishlatiladi. Ba’zi bir holatlarda, gidrodinamik qarshilikni pasaytirish maqsadida, tor parallel kanallar saqlovchi monolitlar sifatida ham chiqariladi.
Tashuvchilarni eng asosiy xususiyati sorbsiya qilish qobiliyati, teshikchalarini о‘lchami, mexanik va kimyoviy barqarorligidir.

Adsorbsion immobillizatsiya qilish usullari
Adsorbsiya qilish yо‘li bilan immobilizatsiya qilish eng sodda usullardan bо‘lib, ferment eritmasini "tashuvchi" bilan aralashtirish yо‘li bilan amalga oshiriladi. Yopishmasdan fermentni yuvib tashlagach, immobilizatsiya qilingan ferment ishlatilishga tayyor bо‘ladi. Adsorbsion immobilizatsiya qilingan fermentlarni olish uchun quyidagi uslubiy kо‘rsatmalardan foydalanadi.
Statistik usul eng oson yо‘l bо‘lib "tashuvchi" ferment eritmasiga tashlanib (solinib) hosil bо‘lgan aralashma, ma’lum vaqtga tashlab qо‘yiladi. Immobilizatsiya fermentni о‘z-о‘zidan diffuziyasi tufayli boshlanib, adsorbsiya bilan tugallanadi. Bu usulni kamchiligi, ferment eritmasi bilan "tashuvchi" aralashmasi uzoq vaqt (bir necha kunga) tashlab qо‘yilishi lozim. Laboratoriya sharoitida kо‘proq aralashtirish usuli ishlatiladi. Bu usulda statistik usuldan farqli о‘laroq ferment eritmasi bilan "tashuvchi" doimiy ravishda aralashtirib turiladi.
Aralashtirish uchun magnit aralashtirgich, mexanik aralashtirgich yoki mikrobiologik tebratgichdan foydalanish mumkin. Bu usul oldingisidan ancha ustun turib "tashuvchi" satxida fermentni bir tekis joylanishini belgilab beradi. Ba’zida adsorbsion immobilizatsiya qilish uchun elektrochо‘ktirish usulidan foydalaniladi. Buning uchun ferment eritmasiga ikkita elektrod tushiriladi, ulardan bittasini satxida bir qatlam "tashuvchi" surtilgan bо‘ladi. Elektrodlar tokka ulanganda ferment satxidagi faol guruhlar (-NH2; -COOH va h.k.) hisobidan "tashuvchi" saqlanayotgan elektrod tomonidan harakat qiladi va uni satxida chо‘kadi.
Texnologiyada foydalanish uchun eng qulay usul - kolonkalardan о‘tkazish usulidir.
Bu usulni ikki modifikatsiyasi bor, ulardan biridan "tashuvchi" tо‘ldirilgan kolonkadan tepadan pastga qarab, mikronasoslar yordamida ferment eritmasi haydaladi, ikinchisida esa teskarisi, ferment pastdan tepaga qarab yо‘naltiradi. Bu usulni afzallik tomoni, fermentni haydash, yuvish, va keyingi fermentativ jarayonlar, hech qanday manipulyatsiyasiz bir kolonkani о‘zida olib boriladi.


Download 205.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling