Proteinaza fermentining sulfogidril birikmalar yordamida aktivlanishi Reja


Yarim о‘tkazgich membranalar yordamida immobilizatsiya qilish


Download 205.81 Kb.
bet14/15
Sana20.06.2023
Hajmi205.81 Kb.
#1635851
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Proteinaza fermentining sulfogidril birikmalar yordamida aktivlanishi

Yarim о‘tkazgich membranalar yordamida immobilizatsiya qilish
Bu usul kichik molekulali substratni suvdagi eritmasi, katta molekulaga ega bо‘lgan ferment eritmasidan yarim о‘tkazgich membrana yordamida ajralib turishiga asoslangan. Yarim о‘tkazgich membrana substratni oson о‘tkazadi, ferment esa membranadan о‘ta olmaydi. Bu usulni har xil modifikatsiyasi, yarim о‘tkazgich membranalarni olish va ularni tabiati asosida yaratilgandir.
Mikrokapsulalash usuli birinchi bо‘lib, 1964 yilda T. Chang tomonidan yaratilgan. Bu usul - fermentni suvdagi eritmasini mikrokapsulalar ichiga joylashtirishdan iborat. Mayda teshikli polimer plyonkalardan tashkil topgan kichik koptokchalar ichidagi fermentlarni tashqariga chiqishi belgilab qо‘yilgan. Kapsulalarni olish usuliga qarab, ularni о‘lchami hal xil bо‘ladi (10 dan 100 mikrometrgacha).
Mikrokapsulalar olishning ikki usuli mavjud bо‘lib, birinchisida fermentni suvdagi eritmasi PAV (sirt faol moddalar) saqlovchi dietilefiri bilan kuchli aralashtirish natijasida dispers holatga о‘tkaziladi. PAV - bu yerda emulgator vazifasini bajaradi. Hosil bо‘lgan emulsiyaga, tо‘xtatmasdan polimerning efirdagi eritmasi qо‘shib boriladi.
Polimer (nitrat sellyuloza), suvda erimasligi sababli emulsiyaga tekkan joyda yupqa membrana mikrokapsula hosil qiladi. Tayyor bо‘lgan mikrokapsula sentrifuga yordamida yoki filtrlash yо‘li bilan ajratib olinadi.
Mikrokapsula hosil qilishning ikkinchi yо‘li - ikki moddaning fazalararo polikondensatsiya qilishiga asoslangan. Moddalardan biri suvning mayda emulsiyalarida ikkinchisi esa organik fazada erigan bо‘ladi. Kо‘p tarqalganlardan biri poliamid mikrokapsulasi.
Bu mikrokapsula 1,6-geksametilendiamin (suv fazasi) va sebatsin kislotasining xlor gidridi (organik faza) asosida olinadi. Bu usul faqatgina yuqori rN ga chidamli bо‘lgan (diamin eritmasi) fermentlar uchun ishlatilishi mumkin. Mikrokapsula hosil qilish uchun ishlatiladigan ferment eritmasi 10 % atrofida inert oqsil moddasi (gemoglobin) saqlashi lozim. Bu oqsil kapsula ichida kerakli bosim bо‘lishini hamda fermentni mо‘tadilligini ta’minlaydi. Fermentni mо‘tadilligini oshirishi uchun glutaraldegid bilan ishlov beradi, ba’zida esa adsorbsiya yoki gelga kiritish yо‘li bilan immobilizatsiya qilinadi.
Ba’zi holatlarda immobilizatsiya qilish uchun molekulalari kovalent bog‘langan oqsillardan tashkil topgan membranalardan ham foydalaniladi.

Download 205.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling