Agar ob’yekt elementlari istalgan proyeksiyalash usuli bilan tekislikka proyeksiyalansa, ular asliga nisbatan ma’lum darajada o‘zgarib proyeksiyalanadi. Lekin, proyeksiyalanayotgan ob’yektning o‘zi bilan uning proyeksiyalari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda ularning asosiy geometrik xossalari saqlanib qoladi. Quyida parallel proyeksiyalarning asosiy xossalarini ko‘rib chiqamiz.
1-xossa. Nuqtaning tekislikdagi proyeksiyasi nuqta bo‘ladi.
2-xossa. Proyeksiyalash yo‘nalishiga parallel bo‘lmagan to‘g‘ri chiziqning tekislikdagi proyeksiyasi to‘g‘ri chiziq bo‘ladi.
3-xossa. Agar nuqta to‘g‘ri chiziqqa tegishli bo‘lsa, nuqtaning proyeksiyasi ham to‘g‘ri chiziq proyeksiyasiga tegishli bo‘ladi (4-rasm).
4-xossa. Nuqta to‘g‘ri chiziq kesmasini qanday nisbatda bo‘lsa, uning proyeksiyasini ham xuddi shunday nisbatda bo‘ladi (4-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |