Психолог ўзи ким
Download 123 Kb.
|
1-мавзу умумий п
9) Psixolog ish qiladi! Psixolog maslahat bermaydi. Maslahatni har qanday insondan, istalgan joyda va hattoki mutlaqo tekinga berishi mumkin. Ammo professional psixolog bu ishni hattoki pulga ham qilmaydi. Maslahat berayotgan odam o’z hayotiy tajribasidan kelib chiqadi va ko’pincha "men sening o’rningda bo’lganimda……." deb gap boshlaydi. Ammo maslahat uni berayotgan insonga foyda. U o’z hayotini maslahatga aylantirdi va unda bor sifatlar bu muammoni hal qilishi mumkindir. Ammo maslahat olayotgan insonga emas. SHuning uchun ham psixolog maslahat bermaydi. Faqatgina muammoning egasi uning uchun eng yaxshi yo’l qaysi ekanligini bilishi mumkin. Psixolog esa o’sha yo’lni ochib berishga yordam beradi.
Inson hayotida kasb tanlash muhim jarayonlardan hisoblanadi, zero tasodifiy yoxud to’liq anglanmagan holda kasb tanlash inson ma`naviyatining fojiasidir. Biz hozir psixologiya va psixologlar haqidagi ayrim afsonlarga to’xtalib o’tamiz. 1)Psixologiya hammaga ayon bo’lganidek inson va uning ruhi haqidagi fan bo’lsa, psixolog ushbu fanning bilimdoni “insonlarni tashqi qiyofasidan bilib oladigan” shaxs. 2)psixolog tabiatan o’zgalar bilan muloqotga kirisha oladigan va ularni tushuna oladigan shaxs. 3) psixolog-o’zgalar xulq-atvori, hislari, fikrlarini boshqara oldadigan va maxsus shu sohada tahsil olgan (gipnoz) shaxs. 4) psixolog-bu o’zini to’la biladigan hamda har qanday sharoitda o’zini boshqara oladigan shaxs. 5) psixolog bu hayot haqida boshqalardan ko’proq biladigan donishmand, uning asosiy maqsadi qiynalayotgan o’z yo’lidan adashganlarga o’z maslahatlari va yo’l-yo’riqlari bilan samimiy yordam ko’rsatishdir. Umuman olganda, yuqoridagi har bir mif, afsonalar negizida reallik, haqiqat yotadi, biroq ushbu reallik biroz ko’pirtirilgan, bo’rtirilgan holda aks ettirilgan, bu esa nafaqat shaxsning o’ziga balki boshqalar unga ham ziyon keltirishi mumkin. Ushbu afsonlarga biroz kengroq nuqtai nazardan qarab chiqsak. Demak: 1)psixologiya hammaga ayon bo’lganidek inson va uning ruhi haqidagi fan bo’lsa, psixolog ushbu fanlarning bilimdoni, “insonlarni tashqi qiyofasidan bilib oladigan” shaxs. Darhaqiqat “psixolog” atamasining lug`aviy ma`nosi “ruh haqidagi fan”, “ruh haqidagi ta`limot” yoki “ruhiyatshunoslik” degan ma`noni anglatadi. Biroq ruh haqida to’liq, mukammal fanning o’zi yo’q faqatgina bilishga intilish bor chunki ruhni boshqa ob`ekt va hodisalardan farqli ravishda bevosita ko’rib, ushlab, o’lchab bo’lmaganligi bois ruh o’rganish qiyin bo’lgan ob`ektdir. Albert Eynshteyn mashhur shveytsariyalik psixolog Jan Piaje bilan tanishib suhbatlashganidan so’ng shunda xulosaga kelgan: “Men siz tadqiq etadigan ob`ektdan ko’ra osonroq ob`ekt ustida ishlamayman! Boshqacha aytganda nazariy fizika-bu bolalar o’yinidir! YOki Ey voh psixologiya fizikadan murakkabroq ekan”. Ha psixologik bilim boy va serqirra, biroq uzoqqa bormaydigan qarama-qarshiliklarga boy. Kelgusida sizlar ko’pgina psixologik nazariyalar bilan tanishasizlar, shuning uchun ham psixologik ta`limdan “so’nggi haqiqatni” kutish noo’rin. Barcha ma`lumotlar ustida tinimsiz tadqiqot olib boriladi, shu boisdan ta`limga passiv emas ijodiy yondashish darkor. Psiologiyaning serqirraligi xususida to’xtalsak, barcha narsalar bo’rttirish shart emas. Biroq, darhaqiqat psixologiya psixolg faoliyati bilan shug`ullanmaydigan boshqa sohalarga nisbatan voqelikni teranroq ko’rsadi-chunki psixolog aynan shu xususida fikrlaydi, izlanadi va ishlaydi, nimanidir yaxshi tushuntirib berishi mumkin, chunki u psixologik hodisa va jarayonlarni o’zida jamlanganpsixolog atamalarni syaxshi biladi. Lekin esda tuting barcha fikrlar noaniq. Psixolog barchaga yordam beradi. 2) psixolog tabiatan o’zgalar bilan muloqotga kirisha oladigan va ularni tushuna oladigan shaxs. Umuman olganda gap tabiatan berilgan xususiyat haqidadir. Darhaqiqat insonning tabiiy individual xususiyatlari haqida alohida to’xtalish joiz, xususan nerv tizimi, hatti-harakatlar va boshqalar. Biroq muloqot va empatiyaning tabiiy asoslari haqida gapirish mushkuldir. Har ehtimolgan qarshi amaliy psixologlar orasida shu bilan bir qatorda dunyo tan olgan mashhur shaxslarni “tabiiy layoqatlari” mavjuddir. Boshqacha aytganda amaliy psixolog darhaqiqat tabiat in`om etgan ayrim layoqatlarga ega bo’lishi lozim. Umuman olganda muloqotchanlik qobiliyati va o’zgalarni tushunish qobiliyatini boshqa kasb egalari ham o’zlaridja shakllantirish lozim. 3) psixolog o’zgalar xulq-atvori, hislari, fikrlarini boshqara oladigan va maxsus shu sohada tahsil olgan shaxs. Amaliy psixolog o’zgalar xulq-atvoriga ta`sir etuvchi ayrim qobiliyatlarga ega. Bu erda gap ommaviy gipnoz haqida emas-balki o’zaro ishonch, samimiylik va nizoli vaziyatlarni yumshatuvchi muayyan metodikalar xususida ketmoqda, biroq psixolog xulqatvorida manipulativ imkoniyatlar keng bo’lgani uchun ayrim vaziyatlarda bu foydali yoki zararli bo’lishi mumkin. Xulq-atvorni boshqarish o’z o’zidan –bu maqsad emas. Eng dashhatlisi, psixologning boshqalar ustidan xukmron bo’lishidir. Mansabdan foydalanish-“oliy maqom” shaxslarni suiste`mol qilishidir. 4) psixolog o’zini to’liq biliuvchi va turli vaziyatlarda o’zini boshqara oluvchi shaxs. O’zini to’liq bilish mumkin emas. O’zini to’liq butunlay bilaman degan shaxs adashadi yoki o’zini xuddi shunday tutadi. Lekin o’zini o’zi anglashga intilish o’zini tub negizlariga qadar etib borishga intilish psixolog uchun xos xususiyat. Har ehtimolga qarshi ko’pincha haqiqatni aytganda amaliy psixolog shaxsiy kamol topgan, ya`ni shaxsiy qiziqishlar, qadriyatlar, kamchiliklarini bilishi lozim. Ayniqsa insonlar bilan ishlaganda shaxsiy anglanmagan muammolarni aniqlashtirmay turib o’zaro yordam berib bo’lmaydi. Xuddi shunday psixolog ham o’z kamchiliklarini bilmay, to’la anglamasa ularni qondirishda davom etsa, mijoz bundan zarar ko’rish mumkin. O’zi va vaziyatni boshqarish haqida gapirsak bu ham insondagi oliy sifatlardandir. Psixologiyada o’zini o’zi boshqarishning bir qancha metodlari ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu metodlardan xabardor shaxs murakkab vaziyatlarda o’zini dadil tuta oldadi. Qolaversa kasbiy bilimdon psixologiyada turli tipdagi nizolar va ularni hal etishning ijobiy yo’llari borligini bilsa murakkab vaziyatlarda adekvat xulq-atvorni namoyon etishga tayyor bo’ladi. 5) psixologiya-hayot haqida boshqalardan ko’proq narsa biluvchi donishmand, uning maqsadi-qiynalgan hayot yo’lida adashgan shaxslarga to’g`ri yo’lni ko’rsatishdir. Boshqa insonlar singari psixologlar orasida ham donishmand bo’lmaganlari bo’lib, lekin gap bu haqida emas. Gap yana bir insoniy sifatlardan biri, ya`ni Buyuk ustoz roli xususida bo’lib, maqsad o’zgalarga yordam berishga qaratilgan bo’ladi. Aynan shu rolga davo`gar psixologlar qatori oddiy odamlar ham bisyor aynan ular hayot haqida o’zlarini ko’p narsa biladi va muammolarni qanday hal etish yo’llaridan xabardor biladilar. Oliy haqiqat faqatgina ilohiy ma`noga ega ya`ni u faqat yaratgan egamgagina ayon. Psixolog-avliyo emas, u Xudoni nomidan gapirishga haqli emas. U o’z yo’lini bilish mumkin emas, balki boshqalarga hamma qatori bo’lishga yordam berishi lozim. Psixologning kasbiy faoliyati Eng muhim savollardan boshlaymiz: kasbiy tanlov qanday jihati bilan boshqa hayotiy tanlovlardan ajralib turadi? Javob berishda mehnat faoliyati-eng avvalo mahsuldor faoliyat ekanidan ya`ni shaxs faqatgina talab qilib kuzatish yoki zavqlanish bilan cheklanib qolmay, balki o’zi atrofdagilar uchun foydali bo’lgan faoliyat bilan shug`ullana olishi mumkin. SHaxs o’zining o’zligini o’z imkoniyatlarini namoyon etish orqali o’zini baxtiyor his etadi. YUqorida aytilganlarning aksariyati psixolog kasbi uchun xos bo’lib, ularning faoliyati asosan o’zgalarga ularning murakkab hayotiy muammolarini hal etishga yordam berishdan iborat. SHu boisdan psixolog kasbini tanlash ijtimoiy yo’nalganlikni shaxs va uning muammolariga yo’nalganlik talab etadi, boshqa kasblarning aksariyati esa pul topish kashfiyot qilish kabilarga yo’nalgan bo’ladi. Biroq boshqa gumanitar soha vakillaridan farqli o’laroq psixolog kasbi aynan shaxs muammolari uning echimiga yo’nalgan bo’ladi. Download 123 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling