Психолог ўзи ким
Download 123 Kb.
|
1-мавзу умумий п
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixolog va psixiatr -mohiyati jihatidan bir xil kasb egalari
Mavzu: Kasblar va professionalizm mutaxassislikka kirish fanining asosiy tushunchasi sifatida. Reja: 1. Kasb haqida umumiy tasavvur. 2. Mutaxassis va havaskorlar psixologiya xususida. 3. Psixolog kasbini shakllanish tarixi. Kasb haqida umumiy tushuncha Avval “kasb” o’zi nima ekanligini bilib olish lozim. E.A.Klimov “kasb” ning turli jihatlarini ko’rib chiqadi. 1.Kasb insonlarni birlashtiruvchi omildir, ya`ni bir xil muammo va bir xil hayot tarzini olib boruvchi shaxslar. Albatta mutaxassislarning turmush darajasi turlicha bo’lishi mumkin, lekin psixolog kasbi vakillarining bazaviy qadriyatlar tizimi dearli bir xil. 2.Kasb psixologning kasb faoliyatida ob`ekt va predmetni ajratib olish bilan bog`liq kuch sohasidir. Bu erda aynan psixolog o’zini qaysi faoliyat sohasida o’zini to’la namoyon qila olishi xususida gap ketmoqda. Aytish joizki psixologiya tarixi aynan ruh nima ekanligini o’rganish, uni qaysi metodlar orqali o’rganish va rivojlantirish mumkin ekani haqidagi fandir. 3.Kasb shaxsning o’zligini namoyon qiluvchi sohasidir. Ko’pincha kasbiy faoliyat faqatgina tovar ishlab chiqaruvchi soha emas, balki shaxsning o’z ijodiy imkoniyatlarini namoyon etuvchi soha ekanini esimizdan chiqarib qo’llaymiz. 4.Kasb tarixiy rivojlanuvchi tizim. Eng qizig`i kasb so’zi lotincha ommaviy so’zlashuv so’zidan olingan. E.A.Klimovning fikricha, “demak, kasb fenomenini negizida umumiy va ijtimoiy psixologiyaning predmeti yashiringan”. Tabiiyki, kasb madaniy-tarixiy rivojlanish negizida o’zgarib boradi. 5. Kasb reallik sifatida sub`ekt mehnatida ijodiy shakllanadi. Bu shuni anglatadiki, madaniy tarixiy shart-sharoit mutlaq dominant emas, ko’p narsa muayyan shaxsga bog`liq. Aynan shu toifadagi shaxslar o’zlarini jamiyatdagi o’rnini o’zlari topishlari darkor. Aynan shunday psixolog borligi uchun psixologiya fani va amaliyotda rivojlanmoqda. Psixologning fandagi o’rni aynan uning fan taraqqiyotiga qo’shgan hissasi bilan belgilanadi. Psixologning o’z imkoniyatlarini amalga tatbiq etishni eng ideal varianti bu o’zi murakkab vaziyatda bo’lsa ham o’zgalar manfaati uchun xizmat qilishdadir. “Kasb” tushunchasini boshqa tomonlarini ham ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Mutaxassislik tushunchasi esa-bir muncha aniqroq sohadir. Masalan, psixolog kasbining quyidagi mutaxassisliklari bo’ladi: ijtimoiy psixolog, klinik psixolog va boshqalar. “Lavozim” yoki “mehnat joyi” yanada aniqroq tushuncha bo’lib, shaxsning muayyan muassasada aniq vazifalarni bajarish bilan belgilanadi. “Mashg`ulot” tushunchasi esa yanada kengroq bo’lib, u kasb mutaxassislik, lavozim tushunchalarini o’ziga qamrab oladi. Misol uchun yuqorida keltirilgan mutaxassislar o’smirlarning yosh psixolog taraqqiyoti muammosi hamda ota-ona bola munosabatlari va shaxs ijtimoiylashuvi muammolari bilan ishlovchi maktab proforentatori, qolaversa, jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy hayotida faol ishtirok etish va rivojlanishida orqada qolish bilan bog`liq muammolar bilan mashg`ul bo’ladi. Umuman olganda kasb tushunchasi quyidagilar bilan tavsifanadi: Bu mehnatning alohida turi bo’lib, psixologdan qator mutaxassislar bilan hamkorlik qilishini talab etadi. Bu doimiy tayyorgarlikni talab etuvchi mehnat. Bu bajarilgan ishga rag`bat talab etuvchi mehnat Bu ijtimoiy foydali mehnat Bu shaxsga jamiyatda muayyan mavqe beruvchi mehnat “Kasb” tushunchasining mohiyatini chuqurroq anglash uchun mashhur psixolog S.M.Bogoslovskiyning fikrini keltirish joiz. Kasb –bu shunday faoliyatki, shaxs u orqali jamiyat hayotida faol ishtirok etadi va uning uchun moddiy manba vazifasini bajaradi va kasb orqali shaxs o’zini o’zi namoyon etadi. E.A.Klimovning fikriga diqqat qilamiz: kasbga borilga ushbu ta`rifda mavjud ta`riflarga qo’shimcha qinlinmagan aksincha, nimanidir tushirib qoldirilgan. S.M.Bogoslovskiyning oxirgi izohi kasbiy faoliyatning psixologik jihatlarini hattoki, kasbiy shakllanishning ayrim jihatlarini aniqlashtirib olish imkonini beradi. Aytaylik shaxs o’z vazifalarini a`lo darajada bajarishi mumkin, lekin kasbidan nafratlanishi mumkin. Bu vaziyatda bunday shaxs uchun bu ishni “kasb” deb atash qiyin. Bunday shaxslarni E.Fromm shunday izohlagan: “begonalashgan xarakter”ga ega. Ko’pchilik qandaydir muammoni hal qilib o’zini “yaxshi psixolog” deb hisoblab adashadi. “Ommaviy psixologiya” mavjud narsa bo’lib, ayrim psixolog mutaxassislar o’zlarining ijtimoiy hayot tajribalariga asoslanib, ommaviy psixologiyaga murojaat qiladilar. Biroq mutaxassislarning ommaviy va mahalliy psixologlarning farqlab berdilar. YU.B.Gippenreyter quyidagi farqlarni sanab o’tadi: 1.ommaviy psixologiya muayyan hayotiy vaziyatga bog`liq ilmiy psixologiya esa inson hayoti va faoliyatining umumiry qonuniyatlari asosida aniqlangan umumiy bilimlar tizimidir. 2.Ommaviy bilimlar intutiv harakterga ega ilmiy psixologiya esa, psixologik hodisani aqliy izohlashga intiladi, aniqrog`i voqelikni chuqur tushuntiradi va prognozlaydi. 3.Ommaviy bilimlarning muqobil variantlari kam ilmiy bilimlar esa muayyan tajribaga tayanadi. 4.Ommaviy psixologiyada kuzatish, mushohada, hayotiy tajriba asosida bilimlar to’planadi. Ilmiy psixologiyada esa yangi bilimlar tasavvur va ilmiy tafakkur, aniq eksperiment natijasidir. 5.Ilmiy psixologiya keng qamrovli, ishonchli va rang-barang faktlarga, ma`lumotlarga asoslanadi. Ilmiy bilimlarning umumiy tavsifnomasi uning tizimliligi, tartibliligi, ilmiyligi. YU.B.Gippenreyterning fikricha ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi, chunki ular bir-birini bo’ldiradi. Keling hozir mana shu sinoatli kasb faoliyati haqida ma`lumotlarga ega bo’lsak. Avvalombor shuni aytish kerakki psixologiya bu ancha navqiron fan. Ebingauz aytganiday: "psixologiyaning tarixi uzoq ammo yaqin o’tmishga ega". Bizning zamonimizda , ya`ni psixolog kasbi endi endi mashhurlikni qo’lga kiritayotgan bunday davrda ko’pgina odamlar "psixolog" so’zining tub mohiyatini hali anglab etishmaydi yoki bu kasb haqida juda xira tasavvurlarga ega. Biron bir fan haqidagi ma`lumotlar oz bo’lgan vaqtlarda esa, tabiiyki, u bilan bog`liq turli afsonalar, noto’g`ri tasavvurlar shakllanadi. Psixologlar haqida eng keng tarqalgan afsonalarni tahlil qilamiz. SHunday qilib: 1) Psixolog va psixiatr -mohiyati jihatidan bir xil kasb egalari! Psixiatr- bu psixik buzilishlarni (kasalliklarni) diagnostika qiluvchi va ularni davolovchi mutaxassis. U davolash maqsadida turli medikament vositalar shuningdek, psixoterapiya usullaridan foydalanadi. Psixiatr psixikasida jiddiy muammolari bo’lgan insonlar bilan ishlaydi. Psixolog- esa psixologik bilimlar egasi. Psixologik bilim bu hali tibbiyot bilimi emas, shuning uchun psixolog (psixiatrdan farqli ravishda) bemorlarga dori yozib berishi mumkin emas. Uning faoliyati - sog`lom odamlarni psixologik konsultattsiya qilishi bilan belgilanadi. Psixolog muloqot jarayonida muammolar mavjud bo’lganda, qarorlar qabul qilishda, o’zaro munosabatlardagi qiyinchiliklarda, stress holati va psixik zo’riqishlarda, shuningdek ajralish, yaqin insonini yo’qotish, jismoniy yoki ruhiy zo’rlash holatlarida yordam bera oladi. Psixoterapevt - noformal metodlar orqali yordam beruvchi mutaxassis (vrach yoki psixolog). Sodda qilib aytganda, psixoterapevt- psixiaterapiyaning bir yo’nalishidir. Psixoterapevtlar ham sog`lom odamlarga, ham psixik nosog`lom insonlarga yordam ko’rsata oladi. Download 123 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling