Психолог ўзи ким
Professional va qiziquvchanlik asosidagi psixologiya
Download 123 Kb.
|
1-мавзу умумий п
Professional va qiziquvchanlik asosidagi psixologiya
Bu erda gap psixologiyani ilmiy tanlash emas, balki aynan psixolog kasbini tanlash haqida ketayotgan ekan quyidagi savol o’rinlidir: “professional psixologiya”, “qiziquvchanlik psixologiyasi” dan nimasi bilan farqlanadi? Muammo shundaki “shunchaki qiziquvchi” psixologlar ham ayrim hayotiy muammolarni muvofaqqiyatli hal etadilar. Ana endi savol tug`ilishi tabiiy. Masalan har bir talaba turli bosqichda o’ziga savol berishi mumkin. “Men o’zimni psixolog deb hisoblashim mumkinmi yoki yo’qmi?”. Eng qizig`i ushbu savol muayyan bir malakaga ega bo’lgan faoliyat bilan shug`ullanuvchi psixologlarga berilganda ham sanoqli shaxslargina qo’l ko’targanlar. Bu shunchaki oddiy hol emas. Mutaxassis psixolog va shunchaki qiziquvchi psixologlarni bir-biridan farqlovchi quyidagi tamoyillarni ajratish mumkin: 1)Mutaxassisning nazariy bilimlari tizimlashtirilgan, umumlashtirilganligi qiziquvchi psixologlarda esa faqatgina umumiy tushuncha bo’ladi. Masalan, u ko’pgina psixologiya kitoblarni o’qisa ham ko’pincha umumiy tushuncha bilan cheklanadi. Afsuski haddan tashqari ko’p bilimlar agar tizimlashtirilmasa ushbu bilimlarning hayotiy muammolarni hal qilishda unchalik ahamiyat yo’q bo’ladi. Hattoki, agar alohida bir muammo yuzasidan turli echimini taklif etish uchun qator bilim sohalarda ma`lumotlarga ega bo’lishni talab etadi. 2) Mutaxassis ilmiy bilim metodlaridan o’z yo’nalishida psixologik muammolarni hal etishda samarali foydalana oladi. Turli metodlar bilan qurollanmagan psixolog keng tizimlashtirilgan bilimlarga ega bo’lsa, ham hayotiy muammolarni hal etishda ojizdir. Bunda “muammo” mavjud lekin uni echish yo’llari yo’q vaziyat yuzaga keladi. Soddaroq tushuntirsak, bu xuddi o’spirin yigitning o’zini kuchli ko’rsatish uchun muskullarini mashq qildiradi. Keyinchalik hayotiy tajriba shuni ko’rsatadiki, “aqlsiz kuch” faqatgina “tan soqchilar” yoxud “ikki ko’lamchilar” uchun ekanligini tushunib etadi. Bu vaziyatni mavzu bilan bog`lasak agar psixolog “chuqur bilimlarga ega” bo’lsa-yu, uni qo’llashning ilmiy metodlarini bilmasa xuddi o’spirin yigitdek muammoni echishda bir yoqlamalik qilmoqchi bo’ladi. Mashhur pedagog S.I.Gessenning fikricha, oliy ta`limning vazifasi “shaxsni aqlli qilish emas, balki uning aqlini madaniyroq, ilmiyroq, ommaviyroq bo’lishi va hayotiy muammolarni hal qilishning samarali hal etishning ilmiy metod, usullari bilan qurollantirilishi darkor”. 3) Mutaxassis tomonidan ilmiy asoslangan metodika-vositalar bevosita psixodiagnostik faoliyatni olib borish uchun qo’yadi. Bu metoditkalar ilmiy, diagnostik, shakllantiruvchi maqsadlarga asoslangan bo’ladi. Metodikalar tadqiqotning amaliy ahamiyatini oshiradi. Qiziquvchi psixologlar o’ziga berilgan talantdan foydalansa mutaxassis o’z xatti-harakatini rejali, metodik asosda tashkil qiladi. Masalan tabiatan eng zerikarli qiziqarsiz psixologlar ham hattoki muayyan bir auditoriyada emotsional-ishonchli muhit shakllantiradi yoki auditoriyada shunchaki ijobiy taassurot qoldiradi. Muayyan bir talant va qobiliyatga ega bo’lmagan shaxs qandaydir qiziqarli o’yin, mashqlar orqali auditoriyani o’ziga qarata oladi. Natijada auditoriya bunday psixolog haqida: “qiziqarli shaxs” degan taassurot uyg`otadi. Albatta, “qiziquvchi psixologlar” ham turli manbalardan olingan metodikalarni o’z amaliyotida qo’llashi mumkin, biroq bu ko’pincha anglanmagan xarakterga ega bo’ladi. Mutaxassis esa har bir metodikani tanlashga ongli, ilmiy yondashadi. 4) Mutaxassis psixologning mas`uliyati katta. Agar qiziquvchi psixologlar o’z yaqinlariga yordam berishda mas`uliyatni o’z zimmasiga olsa, mutaxassis esa sekin asta mijozda mas`uliyat hissini shakllantirib boradi. 5) Psixolog-mutaxassis qator mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi. Bu esa eng avvalo muammoga turli nuqtai nazardan yondashishi va vaziyatni boshqarishi imkonini beradi. Qiziquvchi psixologda esa bu imkoniyat mavjeud emas. 6)Psixolog-mutaxassis psixologik bilimlar bo’yicha hujjatga ega. Vaholanki, bu rasmiyatchilik unchalik muhim bo’lmasa ham ayrim mijozlar uchun ularga haqiqiy psixolog xizmat qilinyaptimi yoki yo’qmi ularning ahamiyati mavjud. Qolaversa, ko’pchilik talabalarning malakasi xususidagi diplomli mutaxassis uchun xizmat qiladi. 7) Haqiqiy mutaxassis kasbiy nazokat, axloq tamoyillariga amal qiladi. “Qiziquvchi psixolog” larning aksariyati axloqiy nomalarga rioya etmaydi. Hattoki, mijozni muammoni o’z mustaqil al qilish huquqidan mahrum etadi. Etuk psixologning asosiy vazifasi mijozga o’z muammolarini mustaqil hal qilish ko’nikmasini shakllantirishdan iborat. Aynan mana shu jihat mijozga nisbatan hurmat ifodasidir. Antik davrda shunday fikr, naql bo’lgan: “Och bolani shunchaki to’ydirish emas, balki uning o’ziga baliq (ozuqa ma`nosida) tutishni o’rgatish lozim”. 8) Psixolog-mutaxassislarda o’z ustida ishlash, kasbiy o’sishi, intilishi, qobiliyati bo’ladi. Albatta qiziquvchi psixologlar ham turli funeda mental manbalarni mutoalaa qilish orqali o’z ustida tinimsiz ishlashi mumkin. Mutaxassis-psixolog faqatgina o’z ustida ishlashi uchun kitob mutoala qilib, turli metodikalarni ishlab chiqmay ularning tub mohiyatini tushunib etadi. Talabalarning ta`kidlashicha, muayyan bir g`oya kasbiy shakllanishga o’z ta`sirini ko’rsatadi. 9) Mutaxassis-psixologning o’z mehnat faoliyatida kasbiy psixolog ishini shakllanganlik “qiziquvchi psixolog” da esa mehnat psixogigienasi shakllanmagan bo’ladi., ya`ni haqiqiy mutaxassis, o’zining samarali mehnat faoliyatini tashkil etishi uchun joyning psixogigienasiga amal qiladi. Bu orqali u o’zining salomatligi haqida qayg`uradi. Qolaversa, ish joyining qulay, psixogigienasi faoliyat samarasini oshiradi. 10) Mutaxa ssis-psixolog mavjud metodika va g`oyalarga ehtiyotkorona tanqidiy yondashadi va bazaviy tizimlashtirilgan bilimlarga asoslanadi. Bu erda gap astrologiya, xiromantiya, diyanetika haqida ketmoqda. Psixolog ushbu soha bo’yicha bilimlarga ega bo’lsa, bu uning yutug`i, ya`ni mizoj muammosini hal etishda ulardagi usullardan foydalanishni o’rgatadi. Download 123 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling