Психолог ўзи ким


Psixolog kasbining shakllanish tarixi


Download 123 Kb.
bet6/6
Sana19.12.2022
Hajmi123 Kb.
#1033118
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-мавзу умумий п

Psixolog kasbining shakllanish tarixi
Biz psixolog kasbini qachondan shakllangan deb aytishimiz mumkin? YUqorida siz kasb tushunchasiga nisbatan turli yondashuvlarni ko’rib chiqdingiz. Avvalgi bilimlarimizga tayanib, ushbu savolga javob berishga harakat qilamiz.
Eng avvalo quyidagilar muhim:
-birinchidan inson faoliyati sohalarida ijtimoiy tan olingan “psixolog” degan tushunchaning mavjudligi hoh u ilmiy soha bo’lsin, hoh amaliy soha. Ushbu soha o’zining predmeti metodlariga ega bo’lishi falsafa, tibbiyot, pedagogika fiziologiya bilan bog`liq bo’lishi darkor.
-ikkinchidan, jamiyatda ushbu faoliyat turi bilan shug`ullanuvchi, pul ishlab topuvchi shaxslarning mavjudligi.
-uchinchidan, ushbu soha bo’yicha kadrlar tayyorlash tizimining mavjudligi.
Psixolog kasbining vujudga kelishini biz bevosita Vilgelem Vund tomonidan Leptsey universiteti qoshidagi labaratoriyalarning ochilishi (1879) bilan bog`lasak bo’ladi.
Psixolog sohasida turli institut, labaratoriyalarning ochilishi, psixologlar tayyorlash tizimini takomillashuviga xizmat qiladi. Xususan, V.M.Bexterov tomonidan birinchi bo’lib Rossiyadagi Kazan universitetida psixolog eksperim ental labaratoriya 1885 yilda 1908 yilda Sankt-Peterburgda psixonevrologik institut, psixolog va filosof, G.I.CHelpanov Rossiyada birinchi psixolog institut asoschisi bo’lib, rossiyada oddesiyalik psixolog N.N.Lange, gruziyalik psixologik maktab D.N. Uznadze nomlari bilan bog`liq va boshqalar. Amerikali psixolog Djemis Kettel ta`limoti tarixdagi birinchi psixologiya fanlari professori hisoblanadi. Institutning yuzaga kelishi akademik-ilmiy, tadqiqotchilik sohasini yuzaga kelishiga xizmat qiladi. Professional psixologlarning vujudga kelishi falsafiy, tibbiy, pedagogik asosga ega. Zamonaviy adabiyotlarda Leptsegda institutning yuzaga kelishi zamonaviy prfessional psixologiyaning shakllanishiga xizmat qiladi deb yozadi:
Kasbni o’zlashtirishdagi ilk qadam
Psixologiya fakulteti yoki bo’limiga o’qishga topshirib, siz mazkur kasbni o’zlashtirishga juda muhim biroq hozirchalik ilk qadamni qo’ydingiz. “Psixolog” kasbiga ilk bora qadam qo’yish juda qiyin va mas`uliyatlidir, lekin shu bilan birga sizning hayotingiz qiziqarli bo’lgan turli faoliyatlar va his-tuyg`ularga boy davrdir. Bunday jarayondan qanchalik samarali o’tishingizda nafaqat kasbiy taqdiringiz balki butun hayotingizga bog`liq bo’lishi mumkin. Bu holat faoliyatingizning keyingi davrlarida takomillashib boradi.
Oliy ta`lim davrini qay darajada kechishi o’ziga nisbatan ongli tanqidiy munosabatni shuningdek har bir talaba shaxsida shubhasiz turli qiyinchilik, muammolarga duch kelishiga tayyorgarlikni talab etadi. Talabalik davridanoq o’zidan nafaqat ta`limga balki butun hayotga nisbatan faol mas`uliyatli holatni shakllantirish juda muhim. O’zini kelajakdagi mehnat faoliyatini ya`ni sizga kimdir tomonidan qo’yilgan vazifa (ota-ona, jamiyat) va uni shunchaki bajarishingiz kerak bo’lgan yoki to’la ravishda bajarishdan iborat.




Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling