6) Psixolog xizmati psixik nosog`lom insonlar uchun ko’rsatiladi!
Psixologga murojaat qilish bu ojizlik belgisi emas. Psixolog sog`lom insonlar bilan ishlashini esa yuqorida oydinlashtirib oldik. Lekin vaqti vaqti bilan har qanday inson ham atrofdan ko’rsatiladigan yordam, uni qo’llab quvvatlashlariga muhtoj bo’lib qoladi. Bizning insonlar bunday vaqtlarda odatda psixologlarga emas, balki yaqin do’stlariga, qarindoshlariga murojaat qiladilar. Ko’pincha "nima men jinnimanmi? psixologga boradigan" degan gaplarning guvohi bo’lishimiz ham mumkin. Inson tanlash huquqiga hamisha ega. Psixolog o’z kasbini majburiy qo’llay olmaydi. Tashabbusni konsultatsiyaga kelgan va bunga ehtiyoj sezgan mijoz ko’rsatsagina u bilan ishlash lozim.
7) Psixologning o’z muammolari bo’lishi mumkin emas! Qaniydi!!! Lekin psixologlar ham odam, shuni esdan chiqarmaslik kerak. Psixologning shaxsiy muammolari bo’lishi mumkin emas degan gap xuddi terapevt-shamollashi, travmotolog- oyog`ini sindirib qo’yishi mumkin emas degani bilan barobar. Muammolar albatta unda bo’ladi va bo’lishi ham kerak. Aytiladiku axir: xatolar bizni tarbiyalaydi va bu xatolar birovniki emas balki o’zimizniki bo’lsa. Psixologlar o’z hamkasblariga ham yordam uchun murojaat qilishlari mumkin. Buning hecham ajablanarli joyi yo’q. O’z o’ziga bo’lgan ishonch nafaqat o’z muammolarini mustaqil hal eta olishga bo’lgan ishonch, balki bunga qodir emasligini sezgan vaqtda boshqalardan yordam so’rashga qodirlik bilan ham belgilanadi.
8) Psixologlar har qanday vaqtda, har qanday insonga o’z yordamini ayamaydigan mehribon insonlardir! Ko’pchilik, o’z hayotini boshqalarga hadya etish, o’zini ular uchun qurbon qilish psixologning vazifasi hisoblanadi deb o’ylashadi. Ammo psixologlik - bu birinchi navbatda kasb. Garchi birovlarga yordam ko’rsatish bu psixologning asosiy vazifasi hisoblansada, bu ishni o’z hayoti mazmuniga aylantirish shart emas. Psixolog esa hammadan yaxshi biladiki: u insonlar oldida hech nimaga majbur emas, u o’zini qanday bo’lsa shundayligicha tutishga haqli. unday maslahat beradiki u sening muammolaringni shu zaxotiyoq hal
Do'stlaringiz bilan baham: |