Psihologiya faniga hissa ko`shgan olimlar Psihologiya


Download 136.43 Kb.
bet3/15
Sana02.06.2024
Hajmi136.43 Kb.
#1835657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Psixologiya 1 (восстановлен) 22

5.Ongning xossalari
Ong psixikaninng eng yuksak darajasi bo`lib, u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishida til yordamida boshqa kishilar bilan doimiy munosabatda bo`lishi natijasidir. Bu ma`noda ong mutafakkirlar ta`kidlab o`tganlaridek, ijtimoiy mahsulotdir. Ongning birinchi xossasi, bu - ong anglash demakdir. Inson ongi tevarak - atrofdagi taqi olamga doir bilimlar yig`indisidan iboratdir. Anglash taqi olamdagi narsalarni tushunish. Ong tarkibiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ongning ikkinchi xossasiga binoan, ongda ob`ekt bilan sub`ekt o`rtasidagi aniq farq o`z ifodasini topadi, ya`ni odam “men” degan tushunchani “men emas” tushunchadan farqini ajratadi. Odam o`zini bilish qobiliyatiga ega bo`lgan, ya`ni psixik faoliyatini, o`z - o`zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir. Ongning uchinchi xossasiga asosan ong yordami bilan odamning maqsadni ko`zlash faoliyati ta`minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ong vazifasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab ko`riladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo`llari hisobga olinadi. Ongning to`rtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan ongli ravishda turli his - tuyg`ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig`indisidir. Ongni yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi - tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik bu shunday psixik jarayonlar va holatlar yig`indisiki, unda inson o`z xatti -harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bo`nga tush ko`rish, ba`zi patologik hodisalar, alahlash, gallyutsinatsiya kabilar kiradi. Xulosa qilib aytganda, psixologiya hayot faoliyatining o`ziga xos shakli bo`lib, psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlarini o`rganuvchi fandir. Psixologiya fanining asosiy vazifasi psixik hodisalarni o`rganish va ilmiy asoslashdir. Psixik hodisalar ma`lum qonuniyatlarga bo`ysunadi. Psixologiya shunday qonuniyatlarni ochishga, ularni tarkib topishi va rivojlanishini ochishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni boshqarish, tashqil etish, ta`lim - tarbiya jarayonini to`g`ri olib borishga yordam beradi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling