Psihologiya faniga hissa ko`shgan olimlar Psihologiya
Download 136.43 Kb.
|
Psixologiya 1 (восстановлен) 22
Diqqatning xuxusiytlari
Diqqat - psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma’lum ahamiyatga ega bo`lgan ob’ekt ustida to`planishidan (barqaror yoki situatsiyali to`planishidan) iboratdir. Yo`naltirilishi deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik xarakteri, ob’ektni ixtiyoriy yoki beixtiyor tanlash tushuniladi. Masalan maktab o`quvchisining biron boshqa narsaga chalg’imasdan, o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishda uning psixik faoliyatning yo`nalishi ifodalanadi.Psixik faoliyatning yo`nalishi deganda, faqat ana shu faoliyatni tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganini saqlab qolish va qo`llab-quvvatlash ham tushuniladi.Diqqat ko`p tomonli jarayondir. Uning asosiy xususiyatlaridan diqqatning BARQARORLIGI VA TEBRANISHIGA to`xtalib o`tamiz.Diqqatning davomiyligi va uning tebranishi nimalarga bog’liq. Ayrim tadqiqotchilar diqqatning davomiyligini sof biologik ritm (tebranish)lar bilan bog’lashga intilganlar. Diqqatning tebranishi odatda bilinar-bilinmas qo`zg’atuvchilar orqali o`rganilgan. Masalan, soatning chiqillashiga quloq solsak ovoz ba’zan kuchayadi, ba’zan kuchsiz eshitiladi. Bu tebranishlar bir qadar barqaror xarakterga ega. Ularning davomiyligi 1,5 sekunddan 2,5 sekundgacha yetadi. Bu tebranishning mexanizmi diqqatning tebranishi bilan emas, balki sezgi a’zolarining vaqti-vaqti bilan toliqishi va ularning o`zidagi biologik tebranish bilan bog’liqdir.Boshqa tomondan esa diqqatning tebranishi, yetarli darajada barqaror bo`lmasligi diqqatning ob’ekti bilan ham bog’liq. Masalan, diqqatni biror harakatsiz narsa ustida uzoq vaqt to`xtatib turib bo`lmaydi. Diqqatning o`zgaruvchanligi va tebranishi ikkilanma (masalan, kesik piramida tasviri) tasvirlarda yaxshi ko`rinadi. Agar diqqatimiz biror o`zgaruvchan faoliyatga yo`naltirilgan bo`lsa, masalan koptok o`yinini tomosha kilayotgan bo`lsak, diqqatni barqaror emas deya olamizmi? Yo`q, bu holda diqqatimiz dinamik xarakterga ega bo`lgan bir ob’ektga nisbatan barqaror yo`naltirilgan. Garchi diqqat biron ob’ekt ustida uzoq vaqt davomida to`xtab tura olmasa ham, lekin diqqat uzoq vaqt davomida bitta faoliyatning o`zida to`planib turishi mumkin. Diqqatning barqarorligi uchun bajarilayotgan faoliyatning aktivligi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Diqqatning barqarorligi - uning biror ob’ekt ustida uzoq vaqt davomida to`planib turishini ko`rsatuvchi xususiyatdir. Download 136.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling