Psixalogiya fannidan javoblar


-savol Umumiy didaktikaga tariff bering


Download 1.35 Mb.
bet8/70
Sana08.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#242254
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
Bog'liq
PSIXOLOGIYA YAKUNIY JAVOBLAR

3-savol Umumiy didaktikaga tariff bering.

,Didaktika ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini urganuvchi fandir. Didaktika grekcha so’z bo’lib, «Didayko»-o’qitish, «Didaskol»-o’rgatuvchi degan so’zlardan kelib chiqqan.


«Didaktika»ning so’zma-so’z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayonining tushunchasi va moxiyatini, ta’lim qoidalarini, uslublari hamda tashkiliy formalarini o’z ichiga oladi.

Demak, didaktika pedagogikaning «nimaga o’qitish» , «nimani o’qitish» va «qanday o’qitish» kabi savollarga javob izlaydi. Umumiy didaktika o’z navbatida, ayrim o’quv fanlariga oid usullar bilan mustahkam bog’lanadi. Shu usullar ma’lumotiga tayanib, o’qitishning umumiy qoidalarini ochib beradi va ayni vaqtda har bir o’quv fanini o’qitish usullari uchun umumiy asos bo’lib xizmat qiladi.

Bu dunyoda ne-ne daxolar yashab o’tmagan - Saboqlarga boy utmishimizda Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi buyuk alloma bobokalonlarimiz tibbiyot, mantiq, musiqa, adabiyot, geografiya, riyoziyot kabi ilmlarni o’qitish vositasida avlodlarni tarbiyalash g’oyasini olg’a surdilar. O’zbekistonda didaktik ta’limning tashkil topishi va rivojlanishi Abdulla Avloniy, Hamza Xakimzoda Niyoziy, Muhammadrasul Rasuliy, Piri Niyoziy, O. Sharofitdinov kabi pedagog olimlarning nomlari bilan bog’liq.

Pedagoglar bir qancha avlodlarning mehnati bilan qo’lga kiritilgan, pedagogika fani erishgan barcha qimmatli yutuqlar, zamon sinovidan o’tgan jamiki ilg’or qarashlarni avaylab asrashi va o’sha merosdan faol ravishda foydalanishlari kerak. Bilish jarayoni kabi ta’lim jarayonida ham o’quvchi bilmaslikdan bilishga ,noto’g’ri va noaniq bilishdan tobora to’liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tadi. Bu jarayonda xissiy idrok etish ham, abstrakt tafakkur ham, amalda sinab kurish ham bo’ladi.

Bilish ikki pallaga-nazariya va amaliyotga bo’linadi.6 Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya har-xil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik raqam va boshqa nazariyada g’oya shakllanadi.

Amaliyot bilimlarning xaqiqiyligini ko’rsatuvchi mezondir. Ilmiy bilishning vazifasi xodisalarning mohiyatini, ularning rivojlanish qonunlarini ochishdangina emas, balki biron-bir qonunning qay tariqa namoyon bo’lish sabablarini ham ko’rsatib berishdan iborat.

Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak atrofdagi voqyelik, narsa xodisalarni sezgi organlarimizga ta’sir etuvchi ayrim sifatlarining ongimizda aks etishidir. Bunda har bir organ, har bir analizator, I. P. Pavlov ta’kidlab aytganidek, narsalarning ayrim sifatlarini idrok qiladi: biz sovuq, iliqlik, shuur, oq-qora, achchiq

– chuchuk va xokazolarni ko’rish, eshitish, xid bilish, ta’m-maza bilish, teri, musqo’l harakat va organik sezgi organlarininig faoliyati orqali bilib olamiz. Sezgilar - odam haqidagi barcha bilimlarning manbaidir.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling