Psixalogiya fannidan javoblar


-savol.Xozirgi zamon o’quv vositalarining tavsifnomasini tushuntiring


Download 1.35 Mb.
bet9/70
Sana08.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#242254
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70
Bog'liq
PSIXOLOGIYA YAKUNIY JAVOBLAR

4-savol.Xozirgi zamon o’quv vositalarining tavsifnomasini tushuntiring.

Ta’lim jarayoni va uning xususiyatlari, bilish faoliyatining bosqichlari.


Ta’lim - insoniyat tajribasining ma’lum tomonlarini, ya’ni o’quvchilar ijtimoiy taraqqiyotining xozirgi talabalariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega bo’lishlarini ta’minlaydigan faoliyatdir.Ta’lim jarayonining mazmunini bilim, ko’nikma va malakalar tashkil qiladi.
Demak, o’quvchilar o’qish orqali bilim bilan qurollanadilar.

Ko’nikma - mashq qilish natijasida beriladigan harakatlar yig’indisidir. Iqtidor va ko’nikma mashq qilish va takrorlash orqali malakaga aylanadi.

Bilim asosida ko’nikma, malaka xosil bo’ladi. Bilim bahsda kerak bo’lsa, ko’nikma mehnatda. Dunyoni o’zlashtirishda zarur.

O’qitish jarayoni ikki faoliyat-o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’z ichiga oladi. O’qituvchining faoliyati o’quv materiallarini bayon qilishdan, o’quvchilarda fanga qiziqishni tarkib toptirishdan, o’quvchilarning mustaqil mashg’ulotlariga rahbarlik qilishdan, ularning bilim, ko’nikmalarini tekshirish, o’quv ishlariga moyilligini uyg’otish, rag’batlantirish, bilim darajalarini xolis baholashdan iboratdir.

O’qituvchining  faoliyati  ta’lim jarayonining  tashqi  tomonini  tashkil    qiladi,Chunki u o’qitadi, ta’lim beradi. O’quvchi faoliyati ichki jarayonini tashkil  etadi,Chunki u o’qituvchi bergan bilimni o’qib, tushinib oladi.

 O’qitish jarayonining ikkinchi tomoni o’quvchining faoliyati bo’lib, u o’quv fani materiallarini o’zlashtirishdan iborat. O’qitish bilishdan farqli ularoq muallim raxbarligida amalga oshiriladi. Ta’limning asosiy maqsadi,vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Ilmiy bilimlarni egallash - muayyan fanlar o’rtasidagi bog’lanishlarni idrok qilish, ularni izoxlay bilish, mustaqil ravishda umumlashtirish, xulosalar chiqarish demakdir. Bular asosida o’quvchilarda ko’zatuvchanchanlik, tafakkur, xotira kabi bilish qobilyatlari o’sib boradi, ularda e’tiqod tarbiyalanadi.

Bilimlarni o’zlashtirish voqe’likdagi narsa - xodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanadi. Bilimlarni o’zlashtirishda bu bosqichlarning ahamiyati nixoyatda kattadir.

Idrok-borliqni odam ongida aks etishidir (biz daraxtni, xayvon va boshqalarni idrok qilamiz).

Idrok o’quvchilarning bilimlari, amaliy tajribasi darajasiga qarab muayyan maqsadni ko’zlovchi jarayon bo’lmog’i kerak. O’qituvchi idrokni yoki bevosita ko’zatishni yo’lga qo’yayotganida ko’zatish manbalarini sinchiklab tanlaydi.

O’quvchilarning bilish faoliyatidagi ikkinchi bosqich -bilimlarni tushunish va umumlashtirishdir. Tushunchalarning xosil bo’lish jarayonida induksiya va deduksiya kabi fikrlash masalalari katta o’rin tutadi. Induksiya - xususiy xollardan umumiy qoidaga boradigan, deduksiya esa - umumiydan xususiyga boradigan fikr yuritish yo’lidir.O’quvchilarning bilish faoliyatidagi uchinchi bosqich - bilimlarni mustaxkamlash va qo’llashdir.Mustahkamlashning mohiyati yangi materialni idrok qilish vaqtida xosil bo’lgan muvaqqat bog’lanishlarni puxtalashdir. Mazkur jaryonda bush va beqaror bog’lanishlar mustahkamlanib boradi.Bilim, ko’nikma va malakalarni muvaffaqiyatli egallab olish vositalaridan biri - avval o’zlashtirib olingan bilimlarni amalda qo’llashdir.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling