Psixalogiya fannidan javoblar
Download 1.35 Mb.
|
PSIXOLOGIYA YAKUNIY JAVOBLAR
Билет №3
1-savol.Pisixalogiya tarmoqlari xaqida malumot bering. Uning quyidagi tarmoqlari mavjud. a) sud psixologiyasi - jinoiy jarayon ishtirokchilarming xulq-atvorini, ruhiy xususiyatlarini tahlil qiladi;b) kriminal psixologiya - jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga doir psixologik masalalarjinoyatning motivlari bilan shug’ullanadi.
Sport psixologiyasi - sportchilar shaxsi va faoliyati xususiyatlarini, ularning psixologik jihatdan tayyorligining shart-sharoitlari, musobaqalami tashkil etish va o’tkazish bilan bog’liq psixologik omillami o’rganadi. Savdo psixologiyasi - asosan rivojlangan mamlakatlarda keng taraqqiy etgan bo’lib, kishilar ruhiyatiga tijorat ta'sirini psixologik shart-sharoitini, xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Modalar psixologiyasini tadqiq qiladi. San'at psixologiyasi - san'at asarlarining yaratilishida faoliyat-ning psixologik tomonlarini, inson tomonidan badiiy asarlami idrok etilishi, turli hodisalami paydo bo’Iishi va estetik tarbiya muammolari, musiqaviy, badiiy, adabiy qobiliyatlami shakllantirish va tarbiyalash muammoiarini o’rganadi.Dmiy ijodiyot psixologiyasi ilmiy faoliyatning psixologik xususiyatlari, ijodiyotda intuisiya va ilhomni tadqiq qiladi. 2-savol Illyuziya nima. Idrok jarayonining navbatdagi yana bir o'ziga xos xususiyati idrok qilishda ba'zan yuz beradigan illyuziya hodisasidir. Illyuziya - bizga ta'sir qilayotgan narsalarni yanglish idrok qilish demakdir. Odatda ikki xil illyuziya farqlanadi: a) ob'ektiv illyuziya; b) sub'ektiv illyuziya.Ob'ektiv illyuziya - hamma odamlar uchun umumiy xarakterga ega bo’lib, uni geometrik illyuziya deb ham yuritiladi. Ob'ektiv illyuziya biz idrok qilayotgan narsalarning o’zaro bir-biriga ta'siri tufayli yuz beradi. Illyuziyaning bu turi har xil geometrik shakllami idrok qilishda juda yaqqol ko’rinadi. Masalan, uzunligi baravar bo’lgan ikkita gorizontal to’g’ri chiziq chizilsa, bu chiziqlaming uchlariga tashqariga qaratilgan va ichkariga qaratilgan chiziq kattaroq bo’lib ko’rinadi. Idrok jarayonida yuz beradigan illyuziyaning bu turiga juda ko’plab misol keltirish mumkin. Masalan,baravar kattalikka ega bo’lgan uchta ketma-ket turgan to’g’ri burchakli ustunchalami chizib, ulaming atrofiga uzoqlashtiruvchi chiziqlami chizsak, bu uchta ketma-ket turgan ustunchalar har xil kattalikda bo’lib ko’rina boshlaydi. Bu erda uzoqlashtiruvchi chiziqlaming ta’sirida illyuziya hosil bo’ladi.Sub'ektiv illyuziyalar odamning ayni chog’dagi hissiy holati bilan bog’liq bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, odamning hissiy holatida ro’y beradigan kutubxonasi o’zgarishlar idrok jarayoniga ta’sir qiladi. Masalan, yuaorida aytib o’tilganidek, odam kechasi yolg’iz ko'chada qoJrqib ketayotgan bo’lsa, har bir sharpa uning qo’rqinch hissini kuchaytirib yuboradi. Natijada uning ro’parasidan chiqib qolgan butalgan daraxt qandaydir dahshatii mavjudotga o’xshab koTinadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling