Psixik holat turlari. Stress tushunchasi va psixik zo‘riqish va uni boshqarish
Download 19.73 Kb.
|
stress affect kayfiyat tushunchasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixik h olat turlari. Stress tushunchasi va psixik zo‘riqish va uni boshqarish. Stress
- Stress
Affekt – sub’ekt uchun dolzarb bo‘lgan hayotiy sharoitlarining keskin va kutilmaganda o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ladigan va aniq ifodalangan harakatli visseral (ichki organik) namoyon bo‘lish birga kuzatiladigan kuchli va nisbatan qisqa muddatli emotsional holat. Affektiv holat ongli faoliyatning tormozlanganligi bilan ifodalanadi, sub’ekt hulq-atvorini ongli nazoratining izdan chiqishida namoyon bo‘ladi. Affekt real sharoitlarda sub’ektning xavfli, ko‘p hollarda kutilmaganda paydo bo‘lgan vaziyatlardan mutanosib holda chiqib ketish yo‘lini topa olmaslik layoqatsizligida rivojlanadi. Affektga misol tariqasida kuchli g‘azab, achchig‘lanish, dahshat, shiddatli quvonch, chuqur qayg‘u, umidsizlik kabilarni keltirish mumkin. Affektning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu emotsional ta’sirlanishning engib bo‘lmas darajada odamga qandaydir faoliyatning bajarish zaruriyatini bog‘lashdan iborat, lekin bunda odamda voqelik hissi yo‘qoladi. Psixik holat turlari. Stress tushunchasi va psixik zo‘riqish va uni boshqarish. Stress tushunchasining mazmuni mohiyati borasida qator ta’riflar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tomonidan stress–ffektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomiyligiga ko‘ra kayfiyatlarga yaqin bo‘lgan his-tuyg‘ularni boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta’rif beriladi. Professor E.G‘ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og‘ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar ishlarning me’yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar tug‘ilganida, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo‘riqishlar sifatida ko‘rsatiladi. Stress – inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo bo‘ladigan tanglik jarayonidir. Stress ko‘rinishiga qarab ikki turga ajratiladi: Konstruktiv – biz turidagi (ko‘pchilik orasida); Destruktiv – men turidagi (yakka shaxs o‘zi bilan) kechadigan jarayon. Stress tushunchasi kanadalik olim gans sele tomonidan kiritilgan, u stressni organizmning jismoniy yoki psixik jarohatni keltirib chiqaradigan ta’sirlarga nisbatan moslashish-himoya reaksiyalari yig‘indisi sifatida ta’riflagan. Stress holatining rivojlanishida g. Sele uch bosqich: a) xavotirlanish, b) qarshilik ko‘rsatish, v) izdan chiqishlarni ajratdi. Download 19.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling