Psixika taraqqiyoti


Download 0.97 Mb.
bet3/8
Sana12.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1264779
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Psixika va ong taraqqiyoti

Avvalgi nasllarning tajriba va bilimlari tilda mustahkamlanib, keyingi nasllga o’tib keldi. Mehnat aloqalarida takomillashib borgan til o’z navbatida kishilaming ongi va tafakkuri taraqqiyotiga ham ta'sir etdi. Yozuvning takomillashuvi tufayli kishilarning o’zaro aloqasi va bir-biriga ta'siri mislsiz darajada kengaydi va mazmundor bo’lib qoldi. Kishilar bir-birlari bilan bevosita aloqa qilish orqaligina emas, balki uzoq masofadagi kishilar bilan va ilgari o’tgan kishilar bilan bavosita «aloqa» bog’lash yo’li bilan ham ularning ongi, bilim va tajribasi bilan boyiydigan bo’lib qoladi.

  • Avvalgi nasllarning tajriba va bilimlari tilda mustahkamlanib, keyingi nasllga o’tib keldi. Mehnat aloqalarida takomillashib borgan til o’z navbatida kishilaming ongi va tafakkuri taraqqiyotiga ham ta'sir etdi. Yozuvning takomillashuvi tufayli kishilarning o’zaro aloqasi va bir-biriga ta'siri mislsiz darajada kengaydi va mazmundor bo’lib qoldi. Kishilar bir-birlari bilan bevosita aloqa qilish orqaligina emas, balki uzoq masofadagi kishilar bilan va ilgari o’tgan kishilar bilan bavosita «aloqa» bog’lash yo’li bilan ham ularning ongi, bilim va tajribasi bilan boyiydigan bo’lib qoladi.

Malumki, har bir odamning ongi tug’ilish paytidan boshlab, butun umr bo’yi o’sib boradi. Odam ongining yoshga qarab o’zgarish sababi nimada, degan savol tugilishi tabiiy. Turmushdagi kuzatishlar va biologlar, jamiyatshunoslar, psixologlar va pedagoglarning ko’ pgina ilmiy tadqiqotlari bu savolga quyidagicha javob qaytarishimizga asos beradi: har bir kishi, ongining yoshga qarab taraqqiy etishi shu kishi organizmining o’sishiga, ijtimoiy muhit ta'siriga, ta'lim va tarbiyaga, shuningdek, odamning o’z faoliyatiga bog’liq.
Bola ulgaygani sari nerv sistemasi taraqqiy etib va chiniqib boradi. Masalan, bola bir yoshga to’lguncha bosh miyasining og’irligi ikki marta oshadi, to’ rt-besh yoshlarga borganda bosh miya og’irligi uch marta oshadi. miyaning o’sishi 20 yoshgacha, ba'zan undan keyin ham davom etadi. Bola shartsiz reflekslar bilan tug’iladi, ammo hayotining birinchi oyidayoq, shartsiz reflekslar asosida, tashqi ta'sirlar tufayli shartli reflekslar ham vujudga kela boshlaydi. Bola bir yoshga to’lib, ikkinchi yoshga qadam qo’yganda bosh miya po’stining faqat odamga xos bo’lgan yuksak funksiyasi tarkib topadi,
Takomil etuvchi nerv sistemasi, jumladan, bosh miya — taraqqiy etayotgan odam psixikasining moddiy substrati (asosi)dir. Ammo organizm o’sishining o’zi hali odam shaxsini, undagi psixik hayot mazmuni va shakllarini belgilab bermaydi. Bola tayyor bilim va mahorat, tasavur va qobiliyat, tayyor havas va xarakter bilan tug’ilmaydi. Organizmning o’sishiga bog’liq bo’lgan psixik hayot imkoniyatlari haqiqatan yuzaga chiqishi uchun bola anchayin o’sish bilangina qolmay, ijtimoiy muhitda, odamlar orasida yashashi va kamolga yetishi kerak. Bolalarni go’dakligida yovvoyi hayvonlar (maymunlar, bo’rilar) o’g’irlab ketishi, bu bolalarning tirik qolib, odamlarga aralashmasdan o’sish hodisalari anchagina ma'lum. Ammo, bunday bolalarda odamga xos bo’lgan psixik qobiliyatlar ularning yoshiga yarasha taraqqiy etgan emas.
Bu faktlar shuni ko’rsatadiki, organizmning inson jamiyatidan tashqarida o’sishining o’zi shaxsning psixik taraqqiyotini ta’minlay olmaydi. Organizm o’sishi bilan, jumladan, nerv sistemasi o’sishi bilan psixik hayot mazmuni va shakllarining taraqqiysi uchun imkoniyat vujudga keladi, xolos. Bu imkoniyatining yuzaga chiqish boisi shuki, odam ijtimoiy muhitda yashaydi va kamol topadi. Odam biologik zot sifatida emas, balki ijtimoiy zot sifatida kamolga yetadi.
  • Ijtimoiy muhit umuman odam ongi ijtimoiy tarixiy hayot sharoitida vujudga kelib, kamolga yetgani kabi, har bir odam ongi ham faqat muayyan ijtimoiy muhitda kamol topadi. Bola tug’ilgan paytidanoq, muayyan ijtimoiy hayot sharoitida tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar sharoitida, ijtimoiy ong shakllari qaror topgan bir sharoitda bo’ladi, bola mehnat sharoitining ta'sirida bo’ladi, tevarak-atrofdagi kishilar bilan so’zlashib, aloqa qilib turadi. Go’dak bolaning o’zi mehnat qilmaydi, albatta. Ammo u mehnat sharoitida yashaydi va bolaning atrofida ijtimoiy ishlab chiqarish mahsuli bo’lgan narsalar bo’ladi U mehnat samaralaridan foydalanadi; katta yoshli kishilar bola uchun mexnat qiladilar, so’ngra bola voyaga yetib, mehnatning biron turiga kirib u kasbni egallaydi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling