Psixoanaliz asoslari


Oilaviy nizolarning kelib chiqishi va yechimlari


Download 29.3 Kb.
bet7/9
Sana25.01.2023
Hajmi29.3 Kb.
#1119582
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-MUSTAQIL ISH

Oilaviy nizolarning kelib chiqishi va yechimlari
Xalqimiz turmush faoliyatida yashab kelayotgan ayrim ta’qiqlarning kelib chiqish ildizi kishilik olamining ibtidoiy davriga borib taqaladi. Ma’lumki, ibtidoiy odam olamni dualistik tarzda tasavvur etgan. Ana shunday qarash ranglar va yo‘nalishlarning ham ramziy ifodalanishlarida o‘z aksini topgan. Masalan, o‘tmishdanoq oq rang — yorug’lik, poklik, ezgulikning. Qora rang esa
yovuzlik, o‘limning ramziy ifodasi sifatida talqin etilgan. O‘rta Osiyo mifologiyasida Ahuramazda boshchiligidagi ezgulik olami yorug’lik, oqlik, baxt bilan aloqador. Ahriman tomonidagi qora kuchlar esa ismi jismiga monand holda
qora rang va yovuzlik bilan bog’liq.
Oiladagi ma’naviy muhitni shakllantirishda va takomillashtirishda ota-onaning roli
Erkak kishi tegishli ravishda o‘z oilasiga g’amxo‘rlik qiladi. Bunday g’amxo‘rlik erkak kishi zimmasiga muayyan majburiyatlarni yuklaydi. Boshqacha aytganda, erkak kishi o‘z oilasi va farzandlari uchun to‘liq javob beradi. Bu bir musulmon kishi his qiladigan javobgarlikdir Abu Hurayra guvohlik berishicha, Hadislardan biri oila uchun erkak kishining javobgarligi darajasini aniq belgilab beradi: «Tangri yo‘lida siz sarflaydigan dinorlardan, ya’ni qul sotib olishga sarflaydigan, qashshoklarga sadaqa sifatida beradigan, zavjangiz va bolacharingiz uchun sarflaydigan dinorlardan (Tangri) sizni taqdirlashda eng qimmatlisi, oilangiz uchun sarflaganingizdir.
Ota-onani hurmat qilish, oila obro‘sini baland tutish, milliy ma’naviy qadriyatlarimizdan biri sifatida
Ma’lumki, farzand er-xotin o‘rtasidagi muhabbat qasrining mustahkam tayanchidir. Shu bilan birga ota-ona mehr-shafqat chashmasidan bahra oladi. Oqil er-xotin o‘zaro mehr chashmasining ko‘zlarini yana ham ko‘proq ochadi. Dono bobolarimiz: “Er-xotinning bir-biriga qalb amri bilan in’om etgan mehr-muhabbatiga teng keladigan javohir yo‘q”, - deydilar. Er-xotin o‘rtasidagi
muhabbat rishtalarining mustahkamlaydigan va uni cho‘qqiga ko‘taradiganlar oqil va qobil farzandlardir. Oilaning bosib o‘tgan tarixiy yo‘li shuni isbotlaydiki,
oilani idora qilishning oliy qonuni adolatli bo‘lishdir. Bu jarayonda o‘zaro hurmat, ishonch, mehr-vafo hamda sadoqat oila qasrining ustunlaridir.

Download 29.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling