Psixodiagnostika
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rishar Meyli
Lyuis Medison Termen
1877 yil Indianada fermerlar oilasida tug’ilgan. Indianadagi Denvill markaziy kollejida ta’lim olgan va o’qituvchilik kasbini egallagan. Indiana Universitetidan bakalavr va magistr darajasini olgan. 1903 yil Klark universiteti doktaranturasiga o’qishga kirib, doktorlik dissertasiyasini “Psixologik test” (1905) mavzusida yoqlaydi. 1906 yildan boshlab Los-Anjelosdagi pedagogika kollejining professori bo’lgan. To’rt yil o’tganidan so’ng u Stenforddagi universitetga o’qituvchilik lavozimiga taklif qilinib, Bine shkalasini modifikasiyalash bilan shug’ullanadi. Birinchi jahon urushi davrida armiyada qo’llaniladigan testlarni qayta ishlash jarayonida qatnashgan. 1922 yilda Stenford universiteti psixologiya fakultetiga dekan, 1923 yildan Amerika psixologlari assosiasiyasining prezidenti lavozimlariga tayinlangan. U intellektni aniqlash testini ilmiy darajagacha olib chiqqan yagona mutaxassis. Buyuk amerikalik psixolog 1956 yil Kaliforniyada vafot etgan.
Psixodiagnostika bo’yicha 1936, 1951, 1978 yillarda chop etilgan mashhur kitoblarning avtori. Institutni 6 yil boshqargandan so’ng Vernsk Universitetida professor lavozimida ishlay boshlagan. 1930 yildan intellekt omilini o’rganish bilan shug’ullangan. Oxirgi izlanishlari asosida (1981) intellek bo’yicha to’rtta fundamental omil borligini va ular olti yoshda turg’in holatda paydo bo’lishini aniqlagan. O’zining longityud tekshirishlarini (1959) xarakterlangan qirralarning birlamchi elementlarini topishga bag’ishlagan. 1963 yil intellektga atrof-muhitni ta’siri haqidagi tekshirishlari natijasi chop etilgan. Bundan tashqari u intellekt bilan o’qishda jarayonidagi muvaffaqiyatga erishishlarning o’zaro bog’liqligi muammosini ochishga harakat qilgan. U 1984 yil vafot etgan.
Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling