Psixodiagnostika


Download 1.89 Mb.
bet12/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

Florens Laura Gudinaf
1886 yil AQSHda tug’ilgan. Doktorlik unvonini L.Termen rahbarligida Stenford Univesitetida 1924 yil olgan. Shundan so’ng uning psixologiya mutaxassisi sifatidagi karyerasi Minnesots Univesitetida boshlanadi. U yerda bolalar tomonidan chizilgan rasmlarni tahliliga

asoslangan intellektni o’lchash shkalasini chop etgan. Test katta mashhurlik keltirib o’z mavqyeini ko’p yillar davomida saqlab turgan.1950 yilga kelib, Deyl Xarris bu testga ma’lum ma’nodagi o’zgarishlar va qo’shimchalarni kiritgan (Gudinaf – Xarris nomi bilan mashhur rasm testi). Gudinafning boshqa izlanishlari bolalarni ijtimoiy va emosinal rivojlanishini o’rganishga qaratilgan. 1947 yil kasalligi tufayli mehnat ta’tiliga chiqishga majbur bo’lganligiga qaramasdan, unga mashhurlik olib kelgan kitoblarining chiqishi davom etgan. U 1959 yil vafot etgan.




Stenli Devid Porteus
U 1883 yilda Boks–Xillda (Avstraliya) tug’ilgan. Birinchi professional avstraliyalik psixolog sifatida tan olingan. Oliy ma’lumotga egan bo’lganidan so’ng, u maxsus maktablarda inspektor bo’lib ishlagan (1913–1916) va keyinchalik Melburunsk universitetida

antropologiya rivojlanishi laboratoriyasini boshqargan (1916–1917). AQSHga ko’chib kelganidan so’ng psixologiyadan dars bergan va Vaynlend voyaga yetmagan jinoyatchilar axloq tuzatuvchi maktabini psixologik laboratoriyasining direktori bo’lgan (1919–1925). Gavayi univesitetida klinik psixologiya professori va psixologik klinika direktori lavozimlarida ishlagan (1922–1948). Psixodiagnostika tarixiga “labirint”lar avtori sifatida kirib kelgan. Uning fikricha, bunday sifatlar o’z-o’zini boshqarish qobiliyati, rejalilik, taktiklik va oldindan ko’ra olishlilikni aniqlash imkoniyatini bergan hamda ijtimoiy moslashuv jarayonida intellektga nisbatan, muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Qobiliyatlarning individual farqlanishi, Porteus fikriga ko’ra, tug’ma hisoblangan. U 1972 yil vafot etgan.





Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling