Psixodiagnostika
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.4.2. O’zini hurmat qilish ustuni
- 15.4.3. O’zini o’zi yoqtirish ustuni
- 15.4.4. Atrofdagilardan kutilayotgan munosabat ustuni
Natijalarning tahlili
“HA” yoki “YO’Q” deb javob berilganidan qat’iy nazar, javobingizning kalitga mosligi 1 ball baho olishingiz uchun imkon beradi. 15.4.1. O’zining “MEN”idan rozi yoki norozi bo’lish integral hissi ustuni “HA” – 2, 5, 23, 27, 33, 42, 46, 48, 52, 53, 57. “YO’Q” – 6, 9, 13, 14, 16, 18, 30, 35, 38, 39, 41, 43, 45, 49, 50, 56. 0-10 ball – Siz ko’proq o’z “Men”ingizdan norozisiz. 11-20 ball – Siz o’zingiz haqingizda juda yuqori fikrda emassiz, shuningdek, o’zingizga ijobiy munosabatingiz saqlangan. 21-30 ball – O’zingiz haqingizda juda yuqori fikrdasiz, o’z “Men”ingizdan to’la rozisiz. 15.4.2. O’zini hurmat qilish ustuni “HA” – 2, 23, 53, 57. “YO’Q” – 8, 13, 25, 27, 31, 38, 39, 41,50. 0-5 ball – Sizda mustaqillikka, shaxsiy kuchga, qobiliyat va imkoniyatlarga ishonch yetarli emas. 6-10 ball – Siz o’zingizni yetarli darajada hurmat qilsangiz-da, lekin har qalay o’zingizga ishonmaslik, o’zingizni tushunmaslik, izchillikdan chetlashish, shaxsiy imkoniyatlarga shubha bilan qarash holati ba’zida uchrab turadi. 11-15 ball – Siz o’zingizni yuksak darajada hurmat qilasiz, o’zingizga ishonasiz va mustaqilsiz. 15.4.3. O’zini o’zi yoqtirish ustuni “HA” – 12, 18, 28, 29, 37, 46, 48, 54. “YO’Q” – 4, 9, 11, 16, 19, 24, 45, 56. 0-5 ball – Siz ko’proq o’zingizga “dushman”ga qaragandek qaraysiz, o’zingizga tanbeh berishga, gunohkor his qilishga va ayblashga moyillik bor. 6-10 ball – Umuman olganda, o’zingizni qo’llab-quvvatlaysiz, ijobiy baholaysiz, o’zingizga ishonasiz, shu bilan birga o’zingizni ayblashga ham tayyorsiz. 11-16 ball – Siz o’z “Men”ingiz bilan “do’stona” munosabatdasiz. Bunday holda o’z xislatlaringizni va umumiy xulqingizni yuksak darajada nazorat qilishingiz zarur. 15.4.4. Atrofdagilardan kutilayotgan munosabat ustuni “HA” – 1, 5, 10, 15, 42, 55. “YO’Q” – 3, 26, 30, 32, 43, 44, 49. 0-4 ball – Siz atrofdagi odamlardan salbiy munosabatni kutasiz, hatto mehr-muhabbati zarur bo’lganlardan ham yaxshi munosabat kutmaysiz. Siz o’zingizga yaxshilikni chinakamiga ravo ko’rmaysiz. Vaholanki, o’zingizni boshqalarga o’xshamaydigan, alohida shaxs deb hisoblaysiz. Bu holat o’zingizni o’zingiz hurmat qilishni kuchaytiradigan vazifalarni o’z oldingizga qo’yishga to’siqlik qiladi. 5-9 ball – Atrofingizdagi odamlar orasida sizga salbiy munosabatda bo’ladiganlar borligini bilsangiz ham, lekin ularning barchasi ijodiy munosabatda deb o’ylaysiz. Bu holat sizda ularning munosabatlariga munosib bo’lishga, ijtimoiy axlq normalariga rioya qilishga, tashqi qiyofangizga e’tibor berishga, o’zingizni nazorat qilishga intilishni vujudga keltiradi. 10-13 ball – Atrofingizdagi odamlarning sizga ijobiy munosabatda ekanliklariga to’la ishonasiz. Bu ishons sizda o’zingizga nisbatan hurmatingizni tobora orttiradi. Siz shaxsingizning qadr-qimmatligiga ishonasiz va faoliyatingizning samarali bo’lishi atrofingizdagi odamlardan kutayotgan munosabatingizga bog’liq. Ularning siz haqqingizdagi tasavvurlarini saqlanib qolishi uchun doimo o’z ustingizda ishlashingiz zarur. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling