Psixodiagnostika


O’z-o’ziga qiziqishini ifodalash ustuni


Download 1.89 Mb.
bet118/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

15.4.11. O’z-o’ziga qiziqishini ifodalash ustuni

“HA” –17, 20, 33.


“YO’Q” – 26, 30, 49, 51.
0-2 ball – O’zingiz uchun qiziqarli emassiz, ko’pgina shaxsiy xussiyatlaringizni va ish sifatlaringizni salbiy baholaysiz. Bu esa boshqalarga ham qiziqarsiz bo’lishingizga olib keladi.
3-5 ball – Atrofingizdagi odamlar uchun ham, o’zingiz uchun ham ma’lum darajada qiziqarlisiz. Sizda, shaxsiy xususiyatlaringizdan va ishchanlik sifatlaringizdan qoniqmaslik bor. Bu kamchiliklaringiz ustida ishlash va o’zingizga tanqidiy munosabatda bo’lishingiz o’zingizni takomillashtirishingzni asosiy yo’lidir.
6-7 ball – Sizni “Men”ingiz bezovlantiradi. O’zingizga qiziqish yuksak darajada rifojlanib o’ziga bino qo’yishga aylangan. Umuman olganda, bu yomon emas, agar ushbu faoliyatni amalga oshirish jarayonida namoyon bo’ladigan yuqori darajadagi mahorat bilan uyg’unlashsa. Insonparvarlik va faoliyatingizdagi nazokat siz uchun foyda keltiradi, xolos.


15.4.12. O’zini o’zi tushunish ustuni

“HA” – 53.


“YO’Q” – 6, 8 13, 15, 22, 40.
0-2 ball – Sizda aniq izchillik, yorqin tasavvurlar, hislar va g’oyalar yo’q. O’zingiz bilan yomon munosabatdasiz.
3-5 ball – O’zingiz bilan yuqori darajada kelishasiz deb aytib bo’lmaydi. Lekin sizda o’zini tushunmaslik namoyon bo’lmaydi. O’zingizga ijobiy munosabatni quvvatlash taktikasi sizni hayotingizda hokimlik qaladi.
6-7 ball – Siz o’zingiz bilan kelishgan holda yashaysiz.

Shunday qilib, sizni to’plagan yig’indingiz quyidagi raqamni tashkil qilsa:


0 balldan 52 ballgacha – bu ko’rsatkich o’zingizga salbiy munosabatda ekanligingizni bildiradi. Bu holat nisbatan barqaror bo’lgan, ozmi-ko’pmi darajada anglangan, individning o’zi haqidagi tasavvurlarining takrorlanmas tizimi sifatida his qilingan “Men konsepsiyasi”ni salbiy yo’nalishda namoyon bo’lishiga ta’sir qiladi. Vaholanki, atrofdagalar o’zaro ta’siingiz va o’zingizga munosabatingiz shakllanadi. “Men konsepsiyasi” ichki qarama-qarshiliklardan xoli bo’lmagan shaxsiy “Men”ining yaxlit obrazidir (A..V.Petrovskiy, M.G.Yaroshevskiy).
Salbiy “Men konsepsiya”siga ega bo’lgan odamlar “ortiqcha vahimaligi, tez xafa bo’lishi, o’zini kamsitishga va e’tirof etishga moyilligi bilan ajralib turadilar; ular uchun muloqot bilan, ijtimoiy va hissiy masalalar bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar xarakterlidir” (R.Berns).
Yuqorida bayon qilinganlar ularning rahbarlik faoliyatiga salbiy ta’sir o’tkazmay iloji yo’q.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling