Psixodiagnostika


Download 1.89 Mb.
bet119/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

53 balldan 105 ballgacha – bu ko’rsatkich rahbarning “Men konsepsiyasi”ni va o’ziga munosabatning ijobiy ekanligini ko’rsatadi. Atrofingizdagilar orasida siz yetarli darajada obro’lisiz. Qo’l ositingizdagilar sizni uzoq vaqtgacha unutishmaydi. Xodimlaringiz xotirasida shunday qiyofada saqlanib qolasi: “Ha, bizning rahbarimiz, haqqoniy, rahmdil edi, xizmatkorlariga g’amxo’rlik qilardi”, “U o’z ishini yaxshi biladi, odamlarni yaxshi qabul qilardi. Ko’tarinki ruhni saqlab qolardi”, “Uning muhitida iliq, yoqimli sharoit bo’lib, hamma qiziqib ishlardi”, “Bizni, deb u juda ko’p tanbeh eshitardi, biz uni tushunardik va o’zimizni tuzatishga harakat qilardik”, “U bekorchilarni yoqtirmasdi va kamdan-kam (o’zidan chiqardi)” va hokazolar.
Odatda, xizmatchilar bilan muhmala qilishni biladigan bunday menejer obrao’li bo’ladi. Shu bilan birga egiluvchanlikni va eksperiment o’tkazishga bo’lgan qiziqishni mustahkamlash maqsadga muvofiq bo’lib, bu o’ziga ijobiy munosabatni va o’zini haqqoniy baholashni mustahkamlaydi.
106 balldan 134 ballgacha – menejerning “Men konsepsiyasi” va o’ziga munosabati juda yuqori. Turgan gap, bunday rahbarlar o’z xulqi va faoliyati natijalari ijobiy bo’lishiga ishonadilar. Lekin har doim ham shunday emas. O’zingizni yuqori idrok etishingiz tufayli tobe kishilar kamsitilishi, uyaltirilishi, ularda o’ziga ishonchni yo’qotishi mumkin. ba’zan o’ziga yuqori baho beradigan rahbarlar loqaydlikni namoyon qilib, haddan tashqari hukmronlikni yaxshi ko’radilar. Shunday qilib, menejerning o’ziga yuqori baho berishi xizmatchilar “Men konsepsiyasi”ning salbiy bo’lishiga olib keladi. Balki o’zingizga nisbatan talabchanlikni, hurmatni, ichki kelishuvchanlikni bo’shashtirmay mahorat darajasini egallagandirsiz, qo’l ostidagilaringizni ham imkoniyat va bilimlarini to’g’ri baholashga va ularni muvaffaqiyatga, ijobiy “Men konsepsiyasi”ga undang.


15.5. Reykovskiy bo’yicha boshqaruv jarayonlari diagnostikasi


Boshqaruv jarayonlari diagnostikasida esa, Reykovskiy shartli ravishda ikkita sinf ko’rinishini ajratadi: instrumental tipidagi jarayonlar va munosabat tipidagi jarayonlar (15.5.1-rasm).
Instrumental tipdagi jarayonlarga boshqaruv jarayonini uch guruhi kiradi, ulardan har biri o’z vazifasini bajaradi: oriyentasion, intellektual va bajaruvchi.
Oriyentasion jarayonlarni tashxisi qabul qilishni muntazamligini, fikrlash qobiliyatini va tushunchalarini shakllantirishini o’z ichiga oladi.
Intellektual vazifasi faoliyat dasturini yaratish, uni tashxisi rejani samaraligini baholash va muammolarni hal qilish bilan bog’liq.
Bajaruvchilik vazifasiga psixomotor va verbal reaksiyalar kiradi.
Munosabat tipidagi jarayonlarda Reykovskiy emosional va motivasion jarayonlarni tushunadi.



15.5.1-rasm. Reykovskiy bo’yicha boshqaruv jarayonlari diagnostikasi

Emosional jarayonlar diagnostikasida, holat tavsifi va emosional reaksiyalar o’ziga xosligi, uzunligi, kuchi, belgisi va emosiyalar tarkibi bo’yicha bir-biriga bo’lgan mosligi darajasi aniqlanadi.


Motivasion jarayonlar diagnostikasi – bu motivlar ko’rinishi va intensivligi baholashdir.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling