Psixodiagnostika
Reykovskiy bo’yicha boshqaruv mexanizmi
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.6.1-rasm. Reykovskiy bo’yicha boshqaruv mexanizmi diagnostikasi
- 15.7. Rezyume
15.6. Reykovskiy bo’yicha boshqaruv mexanizmi
Boshqaruv jarayonlari inson hayoti davomida hosil bo’lgan murakkab nerv tizimi bog’lanishlari hisobiga vujudga keladi. Bu boshqaruv mexanizmi inson axloqida chidamlilik va tashkilotchiligini ta’minlaydi. Boshqaruv mexanizmiga ta’rif berish uchun muallif ikkita sinf chizmasini taklif qiladi: operasion (ko’nikmalar tizimi, bilish, bilim) va dinamik (shaxsiy ko’rinishlar) (15.6.1-rasm). Shaxs – Reykovskiy ta’rificha asosiy tizim hisoblanib, u orqali insonni axloqida ma’lum bir maqsadga turg’unlik, o’ziga xoslik va mo’ljalga ega bo’ladi. Shaxsni tashxis qilishdan maqsad – nafaqat patologik holatni aniqlash, balki samarali fuksional holatni ham aniqlashdir. B oshqaruv mexanizmi genezini diagnostikasida Reykovskiy “didaktik jarayonlar tarixi”ni o’rganishga muhim ahamiyat bergan. Bu esa ortirgan bilim va ko’nikmalarini tahlil qilishda ahamiyatga egadir. Bundan tashqari u “tarbiyaviy jarayonlar tarixi”ni o’rganishni ham tavsiya qiladi, bu orqali kutish, zarurlik va 15.6.1-rasm. Reykovskiy bo’yicha boshqaruv mexanizmi diagnostikasi munosabat tizimlari shakllanadi. “Didaktik jarayonlar tarixi”ni tahlil qilganda bilimlar xronologiyasiga tayaniladi, tarbiyaviy jarayonlar tarixini ketma-ket holda tartibga keltirish uchun oddiy anamnestik intervyu orqali amalga oshiriladi. Tibbiyotdagi tashxis bilan psixologik tashxisni bir-biriga munosabati yanada qiziqish uyg’otadi va yanada chuqurroq holda o’ziga xosligi tushiniladi. Tibbiyotdagi tashxis – patofiziologik mexanizmga bog’liq holdagi sindromlardan tashkil topgan kasallikni tasnifi bo’yicha aniqlashdan iboratdir. Tibbiyotda tashxis qo’yilganidan keyin nega aynan bu buzilishlar tufayli kelib chiqdi, boshqa buzilishlarchi degan savol tug’ilmaydi, chunki kasallikni etiologik tavsifida tayyor javob bo’ladi (Watson, Sanocki va b.). 15.7. Rezyume Tashkilotchilik qobiliyatini diagnostika qilish orqali ulardagi liderlik sifatlarini o’rganish alohida xususiyat kasb etadi. Faoliyatning diagnostika qilish orqali esa, uning aspektlarga bo’linish muammosini yoritilishini ta’minlaydi hamda tizimiylashganligini tavsiflaydi. Menejer faoliyatini diagnostika qilishdan maqsad esa, lavozim bo’yicha attestasiyaga tayyorlanish; shaxsiy-kasbiy sifatlarni rivojlantirishda va o’z ustida ishlashni takomillashtirish muammolari; faoliyatni tashkil qilishni belgilab beruvchi “MEN” – konsepsiyasining o’rganilishi orqali zamonaviy menejerning psixologik portretini yaratishdan iboratdir. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling