Psixodiagnostika
Kutishlar va Adolatlilik nazariyalari
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.3.1-rasm. Vroom bo’yicha motivasiya modeli
16.3. Kutishlar va Adolatlilik nazariyalari
16.3.1. Kutishlar nazariyasi Kutishlar nazariyasining asosiy mazmuni Victor Vroom ishlariga borib taqaladi. Uning nazariyasi bo’yicha tadbirkordagi ehtiyojning yuqoriligi, ma’lum bir maqsadga erishish motivasiyasining yagona zaruriy sharti bo’la olmaydi. Bu o’rinda tadbirkor maqsadini amalga oshirishda, o’zi tomonidan tanlangan yo’lning kutilayotgan natijaga erishishiga va ehtiyojining qondirilishga mumkinligiga ishonishi lozim. Kutishlarni, ma’lum bir voqyea sodir bo’lishi ehtimoliga tadbirkor shaxsi tomonidan beriladigan baho sifatida ko’rish mumkin. Mehnatga motivasiyaning tahlilida kutishlar nazariyasi uchta o’zaro bog’liqlikni tavsiflaydi: mehnat xarajatlari – natija, natija – rag’batlantirish va valentlik (rag’batlantirish bilan qoniqishlik). Muallifning fikricha, mehnatga bo’lgan xarajat va qo’lga kiritilgan natija (X-N) o’rtasidagi kutish – bu sarf qilingan g’ayrat bilan olingan natija orasidagi munosabatdir. Masalan, tadbirkor, har kungiga nisbatan 10 ta odamga ko’p telefon qilish natijasida, sotuvlar hajmi 15 foizga oshishini kutadi. Yana muallif yozadiki, natija bilan rag’batlantirish (N-R) munosabatlari orasidagi kutishlar – bu tadbirkor qo’lga kiritgan natijasiga javoban jamiyat tomonidan beriladigan rag’batlantirishni kutishdir. Masalan, tadbirkor 15 foizga sotuv hajmini oshirish natijasida 10 foiz qo’shimcha daromad qo’shilishini yoki tadbirkorlar palatasiga a’zo qilinishini kutadi. Kutishlar nazariyasida motivasiyani aniqlovchi uchinchi omil – bu valentlik yoki rag’batlantirishning qimmatliligi. Valentlik – bu ma’lum bir rag’batlantirishlar olish natijasida, insonda nisbiy qoniqish yoki qoniqmaslik darajasidir. Turli odamlarda rag’batlantirishlarga ehtiyoj turli xil bo’lganligi uchun biror-bir odamga to’g’ri kelgani, ikkinchi bir odamga to’g’ri kelmasligi mumkin. Masalan, menejer o’z ishini judayam a’lo bajarishi natijasida, uning oylik maoshi bir muncha oshiriladi, vaholanki, menejer oyligini oshishini emas, balki lavozim bo’yicha ko’tarilishini yoki rahbariyat uni yanada hurmat qilishini istashi mumkin. Bunday hollarda esa bu kutilgan natijalarga olib kelmasligi mumkin. Bu omillar munosabati 16.3.1-rasmda keltirilgan chizma ko’rinishida aks ettirilishi mumkin. 16.3.1-rasm. Vroom bo’yicha motivasiya modeli Demak, tadbirkor uchun yuqoridagi motivasiyani belgilovchi uchta omildan birontasi past bo’lsa, unda motivasiya ham past bo’ladi va mehnat natijalari ham qoniqarli bo’lmaydi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling