Psixodiagnostika
Ortiqcha tushunchani topish metodikasi
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
17.4. Ortiqcha tushunchani topish metodikasi
Ushbu metodika yuqorida ko’rsatilgan metodikaning verbal (so’zlar yordamida ifodalanadigan) varianti bo’lib, talabaning mavhum va so’z-mantiq tafakkurini, abstrakt materiallarni umumlashtira olish malakasini o’rganishda qo’llaniladi. Talabaga bir qancha so’zlar majmuasi beriladi. So’zlar abstrakt so’zlar bo’lishi mumkin. Masalan, oliyjanoblik, to’g’riso’zlik, kamtarlik, ko’rolmaslik, botirlik. Shuningdek, vazifa narsa va hodislarning nomlaridan iborat bo’lishi ham mumkin (soat, barometr, samolyot, termometr, sekundomer). Pedagogning o’zi ham o’z predmetiga oid so’zlardan vazifalar tuzishi mumkin. Bu holda fanga oid terminlar, fanda uchraydigan eng muhim predmet, detallarning nomidan foydalanish maqsadga muvofiq. Tekshiriluvchining vazifasi berilgan beshta so’zlar orasidan boshqalarga to’g’ri kelmaydigan “ortiqcha” so’zni topish, qolgan so’zlarga umumiy nom berishdan iborat. Vazifani to’g’ri bajarish uchun talaba berilgan tushunchalarning eng muhim predmet va umumiy belgilarini topishi, shu belgilar asosida ularni umumlashtirishi va umumiy nom berishi lozim. Shundan keyingina talaba ajratilgan (topilgan) muhim belgiga ega bo’lmagan, ya’ni “ortiqcha” so’zni topadi. Ortiqcha tushunchalarni topish bo’yicha misollar va uning bayoni. Sizga beshta so’z berilgan. Ularning to’rttasi umumiy belgilar bilan birlashgan. Beshinchi so’z ularga to’g’ri kelmaydi. Uni topib tagini chizish kerak. Faqat bitta so’z ortiq bo’lishi mumkin xolos. 1-misol: tarelka; piyola; stol; kastryulka; choynak. Uchinchi so’z esa mebelni bildiradi, shuning uchun tagitga chiziladi. 2-misol: yurmoq; sakramoq; o’ynash; o’tirish; yugurish. To’rtta so’z harakatni bildiradi. “O’tirish” esa tinchlik holatini bildirgani uchun tagiga chiziladi. Talabaning o’quv materialini yaxshi tushunishi va o’zlashtirishi tafakkurning taqqoslash jarayonining rivojlanganligiga ham bog’liq. Uy vazifalarining mustaqil ravishda muvaffaqiyatli bajarilishida tahlil, umumlashtirishdan tashqari, tafakkurning taqqoslash jarayoni ham katta ahamiyatga ega. Taqqoslash predmet va narsalar orasidagi o’xshashliklar va farqlarni topishni taqozo qiladi. Shu sababli psixodiagnost talabada taqqoslash jarayonining qanchalik darajada rivojlanganligini o’rganishi lozim. Buning uchun quyidagi oddiy metodikadan foydalanishini tavsiya qilamiz. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling