Psixodiagnostika
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
Internet ssilka:
http://www.msu.ru/study/d... http://psychol.ras.ru/ipp... http://www.psycent.bratsk... http://www.psychology.ru/... V bob PSIXODIAGNOSTIKAMETODLARINING UMUMIY TA’RIFIBobning qisqacha mazmuni Psixodiagnostika metodlari haqida umumiy tushuncha. Kuzatuv va eksperiment metodlarining imkoniyatlari. Ijtimoiy-psixologik diagnostika va so’rov usullari. Ijtimoiy-psixologik hodisalarni o’rganishda ishlatiladigan testlar. Ijtimoiy-psixologik hodisalarni o’rganuvchi noan’anaviy metodlar. Amaliy psixologiyaning ayrim metodologik va uslubiy masalalari. Ijtimoiy-psixologik diagnostika amaliy psixologiyaning asosi ekanligini tushuntiruvchi omillar. Psixodiagnostik metodlar va diagnostik yondoshish. Tadqiqot uslubining eksperimental va noeksperimental (tavsiflash) turlari. Psixologiyani anglash vositalarining iyerarxik zinasi. Psixodiagnostik metod turlari. Psixologiya va psixodiagnostikaning asosiy metodlari. Psixodiagnostik metod yo’nalishlari. “Obyektiv”, “subyektiv” va “proyektiv” psixodiagnostik yo’nalishlar. Psixodiagnostik metodlarning umumiy chizmasi. Kuzatishga asoslangan psixodiagnostik metodlar. So’rovnomali psixodiagnostik metodlar. Obyektiv psixodiagnostik metodlar. Psixodiagnostikaning tajribaviy (eksperimental) metodlari. 5.1. Psixodiagnostika metodlari haqida umumiy tushuncha Diagnostika bilan shug’ullanayotgan mutaxassis o’rganilayotgan obyektning qator shaxsiy xususiyatlarini qayd qilishga muvaffaq bo’ladi. Kuzatuv va eksperiment metodlarining imkoniyatlari Ijtimoiy-psixologik amaliyotda guruh ichida kuzatish va guruhdan tashqari kuzatish turlari farqlanadi. Birinchisida tekshiruvchi odam, guruh ichiga a’zolar qatorida kirib olib, kechayotgan jarayonlarni tizimiylashgan tarzda o’rganib boradi. Tashqi kuzatuvning o’zi yashirin yoki ochiq bo’lishi mumkin. Chunki, ba’zan biror tashkilot a’zosi yoki yaxlit guruh faoliyati zimdan kuzatib boriladi. Sinaluvchi bu haqda bilmaydi yoki oynali moslama orqasidan turib, kuzatiladi. Ba’zi hollarda videokameraga yozib olinib o’rganiladi. Shuningdek, bu masalaning huquqiy va etik jihatlari ham bor. Chunki kuzatilayotganlar jinoyatchi hisoblanishmaydi, ular uchun prokuror sanksiyasi ham kerak emas. Lekin ma’lumotlar tabiiy sharoitda, maksimal tarzda obyektiv bo’lishi uchun yuqoridagidek jarayon tashkil etiladi. Shuning uchun, odob nuqtai nazaridan korxona rahbari kuzatish bo’layotganligi haqida jamoa a’zolarini xabardor qilib qo’yadi. Tashqaridan ochiq kuzatishning ham afzallik va kamchilik tomonlari mavjud. Chunki, bunda tashqaridan taklif qilingan mutaxassis yoki ekspert korxona ish faoliyatini to’la o’rganayotganligi haqida oshkora aytishga majbur bo’ladi. Bu holat xodimlarni vaziyatga nisbatan biroz sun’iy tutishga majbur qiladi. Ya’ni, ilgari ishga kechikadiganlar endi o’z vaqtida keladigan bo’lib qoladilar. Afzalligi – kuzatishning tabiiy, mehnat faoliyati sharoitida tashkil etilganligidadir. Umuman kuzatish metodining kamchiligi sifatida, tizimiylashgan tarzda, qisqa davr ichida, rasmiy ma’lumotlarni olib bo’lmasligini e’tirof etish mumkin. Bu o’rinda formallashtirish ayrim hodisalar va sifatlarga qaratilgan bo’lishi mumkin. Masalan, sosiometrik kuzatuvda guruh a’zolarini bir-birlariga murojaatlari va muomalalari soni hamda ularning qaytarilishi inobatga olinadi. Jumladan, butun kuzatuv jarayonida guruh doirasida A shaxsga qarata eng ko’p marta murojaat qilingan bo’lsa, bu qiymatni boshqalarga nisbatidan A ning jamoadagi statusini belgilash mumkin bo’ladi. Mohiyatan kuzatish metodi ijtimoiy psixologiyadagi eksperiment metodiga ancha yaqin. Amalda psixologlar eksperimentning natural, xayoliy (fikriy), dala hamda laboratoriya shaklidagi turlarini farqlaydilar. Natural yoki tabiiy eksperiment biror obyektni o’rganish maqsadida aniq mo’ljal bilan konkret narsaga ta’sir ko’rsatishni nazarda tutadi. Xayoliy yoki fikran o’tkaziladigan eksperiment esa, real obyektni emas, balki unga aloqador ma’lumot va uning modeli bilan ishlashni taqozo etadi. Lekin bu xayoliy yoki modelli obyekt realiga imkon qadar yaqinlashtirilgan bo’lishi kerak. Dala eksperimenti tabiiydan farqli ravishda, o’rganilayotgan obyektni bevosita faoliyati jarayonida, ya’ni tabiiy sharoitda diagnostika qilishni nazarda tutadi. Laboratoriya eksperimenti – maxsus laboratoriya sharoitlarda, asbob-uskuna (integratorlar, gomeostatlar, “Arka”, “Estakada”, “Labirint”, “Guruhiy ritmograf”, “Guruhiy volyuntograf”, “Sensorli integrator” va boshqa)larni ishlatish vositasida amalga oshiriladi. Ularning barchasi guruh sharoitida hamkorlik, o’zaro ta’sir, harakatlarni muvofiqlashtirish, moslashtirish qoidalarini eksperimental sharoitlarda ishlab chiqishni taqazo etadi. Lekin har qanday eksperiment ma’lum ma’noda tekshiriluvchilar faoliyatiga begonalarning aralashuvini nazarda tutgani uchun ham, odatda, ularga nisbatan ehtiyotkorlik va ishonchsizlik borligini unutmaslik kerak. Bunda eksperiment o’tkazuvchi o’ta professional va bilimdon bo’lgandagina ishonchli hamda asosli ma’lumotlarni qo’lga kiritish mumkin. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling