Psixodiagnostika
Xorijiy testlarning mahalliy sharoitga moslanish darajasi
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
8.6. Xorijiy testlarning mahalliy sharoitga moslanish darajasi
Psixodiagnostika fani yangi zamon fanlaridan biri bo’lganligi sababli ham g’arb mamlakatlaridan Rossiya, MDH va qo’shni davlatlarga sekin-astalik bilan kirib kelgan. Psixodiagnostika fanining kirib kelishi testlar bilan bog’langan bo’lib, ushbu davrda qo’llaniladigan testlar faqat aqliy taraqqiyotni diagnostika qilish bilan cheklanib qolgan edi. Vaholanki, sog’liqni saqlash, ishlab chiqarish, xalq ta’limi va nihoyat psixologik amaliyot turli yunalishdagi metodikalarga muhtoj edilar. Shu sababli ham mutaxassislarning ko’pgina xorijiy testlarga bo’lgan intilishlarini, qiziqishlarini tushunish mumkin edi. Ular o’z tadqiqotlarini tarjima qilingan testlar yordamida amalga oshiradilar. Test tarjimalari qanchalik professional darajada bajarilmasin metodika – uzoq muddatli va mehnatni talab etuvchi moslanish jarayonining boshlanishini anglatar edi. O’sha davrlarda testlarga “ocharchilik” shunchalik kuchli ediki, oddiygina tarjima qilingan materiallar, tijorat nashriyotlarida “eng yaxshi testlar” to’planmasi sifatida yaratila boshladi. Ammo bunday psixologik testlar ma’lum bir tartibga keltirilmagan edi. Ma’lumki, ayrim vazifalarni hal etishda qo’llaniladigan psixodiagnostik test bo’yicha ma’lumotlar minimum darajada quyidagilardan iborat bulishi kerak: o’lchov vositasining mohiyatini birma-bir izoh etilganligi; olingan natijalarni qayta ishlash va o’tkazish jarayoni haqida ma’lumot; normalarni yoritilishi; ishonchlilik haqida ma’lumot; validlik haqida ma’lumot. Moslashtirish jarayonida proyektiv testlar murakkablik bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, noverbal testlar haqida ham so’zlash mumkin. Moslashtirishdagi qiyinchiliklar hatto shaxsiy so’rovnomalarda uchraydi. Ularning moslashtirish jarayoni quyidagi bosqichlar bilan ifodalanadilar: originaldan mahalliy tilga tarjima qilingan variantni tayyorlash; tayyorlangan tarjimaga lingvist va professional mutaxassisni jalb qilish bilan uning ekspert bahosi, xulosani chiqarish; original va shkalaning eksperimental tarjimasining ekvivalentligini tekshirish; mahalliy tanlovga mos keluvchi normalarni to’plash va yangi shkalalarni o’rnatish. D.Kempbell tarjimaning ikki xil ko’rinishini – simmetrik va assimetrik belgilar ekan, oddiy standartlashtirilgan so’rovnomalarni tarjima qilishda ularning originalligini saqlab qolish maqsadi bilan amalga oshirish natijasida testning beo’xshov, ekzotik varianti paydo bo’ladi. Shaxsiy so’rovnomalarni moslashtirishning lingvistik jihati mo’ljallangan ommaning yoshi va ma’lumot darajasi asosidagi leksik va garammatik moslanishni bildiradi. Shuni yodda tutish kerakki, har kanday so’rovnoma tarjimasi murakkab lingvistik vazifadir. Bunday so’rovnomalarda ular yaratilgan jamiyatdagi o’ziga xos madaniyat ham aks etadi. Bir jamiyatning norma va qadriyatlari boshqa madaniyatga mos kelmasligi va ayni paytda uning ekvivalentligini topish qiyinligni unutmaslik kerak. Tarjima jarayonida lingvistik va ijtimoiy madaniyat to’siqlar yengib o’tilgandan so’ngina yangi moslashtirilgan so’rovnoma vujudga keladi. Yuqorida qayd qilinganlarga binoan so’rovnomalarning tugallangan moslashtirilish jarayoni o’z hajmiga ko’ra original metodikaning yaratishdan qolishmaydi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling