Psixodiagnostika
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
Internet ssilka:
http://psy.1september.ru/... http://www.psifaktor.com http://psychoanalyse.naro... http://www.successful-bra... I X bob INTELLEKTVA UNI O’RGANISHGAOID YONDOSHUVLARBobning qisqacha mazmuni Intellektni aniqlashga oid yondoshuvlar. Intellekt o’zi nima? Intellektni guruh sinovlari orqali qay darajada o’rganish mumkin? Intellektni o’rganishdagi keyingi qadam qanday bo’lmog’i lozim? Intellekt bo’yicha asosiy yondoshuvlar mazmuni. Intellektning o’lchaydigan testlar va ularning turlari. “Intellekt testlari” (intellegence tests). “Aql testlari” (mental tests). “Maxsus qobiliyatlar o’lchaydigan testlar” (special abilities tests ili attitudes tetst). “Umumiy intellekt testlari” (general tests) yoki sinonim sifatidagi “umumiy qobiliyat testlari” (abilities tests). “Kognitiv testlar” yangi klassifikasiyasi sifatida. Intellekt nazariyalarning tabaqalanishi. Intellekt omillarining iyerarxik modeli. Stenford-Bine testining nazariy modeli. Intellektning Terstoun modeli. “Sodda tuzilma”ning ideal ko’rinishi. Intellektni guruh omillari. Intellektning Gilford modeli. Guilfordning birlamchi o’lchovi. Uning ikkilamchi hamda uchinchi o’lchovlari. Ayzenkning intellektual modeli. Ayzenk modelining mazmun va mohiyati. 9.1. Intellektni aniqlashga oid yondoshuvlar 1921 yilda o’n yetti nafar amerikalik psixologga quyidagi uch savol bilan murojaat qilingan: Intellekt o’zi nima? Intellektni guruh sinovlari orqali qay darajada o’rganish mumkin? Intellektni o’rganishdagi keyingi qadam qanday bo’lmog’i lozim? Natijada ikkita bir-biriga o’xshash bo’lgan javob olinmagan. Bu hol bugungi kunda ham takrorlanadi, deyish qiyin-u, ammo hozirgi psixologlarga ham shu savollar berilsa, bir-biriga o’xshash javoblar olish qiyin. Shunday qilib, intellektni aniqlashda yetarli qiyinchiliklar bilan to’qnash kelamiz. Quyida esa intellekt bo’yicha asosiy yondoshuvlarni keltirishimiz mumkin: Intellekt – bu intellektual testlar orqali aniqlanadigan jarayon. Intellekt – bu umumlashtirilgan ta’lim olish qobiliyati. Intellekt – bu majoziy abstrakt fikrlash qobiliyati. Intellekt – bu murakkab muhitga moslashuv, unda o’zini tutish samaradorligini ta’minlaydigan jarayon. Bu ta’riflarni chuqurroq ko’rib chiqamiz. Birinchi ta’rifni birinchi bo’lib Edvin Boring (Boring) taklif etgan. Bu nuqtai nazar intellektni tushunishda yagona yondoshuv yo’qligidan darak berar edi. O’lchov vositasi orqali intellektga ta’rif berish uning tarkibiy tahlilidan voz kechish sifatida qabul qilingan. Intellektga bunday ta’rif berish orqali tadqiqotchilar, yuzaki ma’noda aqliy holat, balki inson hayotida kunda hal qilinadigan masalalarga o’xshash turli masalalarni yechishga imkon beradigan aniq intelekt holda borayotganini yoritib berishga intilganlar. IQ testlar yordamida namoyon bo’ladigan psixometrik sifatlar asosida intelektga ta’rif berish osonroq, shuning uchun qam foydalanishga qulay. Birinchi qarashda u sodda va oddiy ko’rinadi, lekin aslida unday emas. Intelekt testlari Xudo ko’ngilga solganday tuzilmaydi: ular tabiat qonun qoidalariga asoslanadi, masalan, ijobiy turli-tumanli, sinaluvchilarni tabiati qay darajada ajralib tursa ham, test sinovidan o’tkazilganda ijobiy taraflari aniqlanadi. O’zaro testlardagi aloqalarda, umumiy yakunlik aniqlanadi, bu birga teng, bu umumiy kuchli omil borligidan darakdir (Ayzenberg). Intellektni eng qadimiy tushunchasi, bu ma’lumot olishga qobiliyatdir. Lekin bunda biz intellektni insonning bir taraflama o’qish, ma’lumot olish qobiliyatini bog’lab qo’yamiz. Bu masalani ko’rib chiqib, Anastazi savol beradi: nimani o’rganish, nimadan ma’lumot olish? Va o’zi javob beradi, bizning tushunchamizda bu maktabda ma’lumot olish bilan bog’liqdir. Ko’p ilmiy izlanishlar intellektni aniqlash testlari ma’lumotli bo’lishdagi muvafaqqiyatlar bilan bog’liq (korrelyasiya koeffisiyenti 0,50 ga teng, bog’liqlik boshlang’ich sinflarda balandroqdir, keyin esa sekin asta pasayish kuzatiladi). O’qitilishda qo’yilgan baholar, uning jarayonini emas, natijasini aniqlab beradi. Intellekt testlari ham, maktab baholari ham, insonni hayotiy vaziyatlarda qay darajada o’zini tuta bilishini aniqlab bera olmaydi. Intellektni ma’lumot olish qobiliyati bilan tenglashtirib bo’lmaydi, chunki intellekt bu rivojlangan fikrlash qobiliyatidir. Shuningdek, uni abstrakt fikrlash qobiliyatiga ham tenglashtirib bo’lmaydi. Kognitiv psixologiyada esa bu masalalarni yechishga tenglashtirilib o’rganiladi. Intellektni abstrakt fikrlash qobiliyati cheksiz hisoblanib, uni intellekt testlari bilan o’lchab bo’lmaydi. Hozirda intellektning moslashuv faoliyati ko’proq tarafdorlarini topayapti, Piaje (Piaget) uchun intellekt mohiyati muhit bilan organizmni moslashuvi, rivojlanish esa bundan ham ko’proq moslashuvda (adaptasiyada) namoyon bo’lishi demakdir. Vernon (Vernon) shaxsning intellekti, uning xulq-atvorining egiluvchanligi va murakkabligi, hayot davomida shakllangan xulqiga mosdir, deb ta’kidlaydi. Intellektni shaxsning atrof-muhitdan alohida ta’riflab bo’lmaydi. Atrof-muhit bilan bog’liqlik oddiy moslashuv emas, balki faol harakatdagi bog’liqlik sanaladi. “Intellekt tushunchasi individning faol harakatlari va o’rab turgan atrof-muhit bilan o’zaro aloqalari samaradorligi oqibatida belgilanadi”. Intellektning bunday tushunchasini, ma’lumot olishga bo’lgan qobiliyat, abstrakt fikrlash yoki boshqalar emas, balki rivojlanib kelayotgan bir jarayon deb tan olinishi maqsadga muvofiqdir. Intellekt – natija emas, balki jarayondir. Bu yuzadan muhokama qilingan masalalarning barchasi nazariy xarakterga ega. Bizni esa avvalo intellektni o’lchangani qiziqtiradi. Bir necha yillardan beri nazariy izlanishlar natijasida endi amaliyotda intellektning o’lchovlarini aniqlash imkoniyati paydo bo’ldi. Binening intellektni aniqlash testlarining amaliy va nazariy bahosi qay darajada past bo’lmasin bu fikr metodologik tamoyil va kelajak uchun ahamiyati kattadir. Shunday qilib, intellekt testlar asosida o’lchanadi. Ular o’zi nima? Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling