Psixodiagnostika


Intellektni o’lchaydigan testlar va ularning turlari


Download 1.89 Mb.
bet72/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

9.2. Intellektni o’lchaydigan testlar va ularning turlari


Shuni ta’kidlab o’tish joizki, testlarning kuchli sinfi ongni o’lchovchi xususiyatiga ega emas. Bugungi kunda o’zimizning va xorij adabiyotlarida ham quyidagi iboralar ishlatiladi: omma va ko’pchilik qo’llaydigan – “intellekt testlari” (intellegence tests) yoki uning eskirmagan turi – “aql testlari” (mental tests). Bular bilan birgalikda quyidagi turlar ham ishlatiladi: “maxsus qobiliyatlar o’lchaydigan testlar” (special abilities tests ili attitudes tetst), “umumiy intellekt testlari” (general tests) yoki sinonim sifatida “umumiy qobiliyat testlari” (abilities tests). Umuman olganda tarixan testlar umumiy intellektni o’lchash, qobiliyatni o’lchashga bo’lingan va bugungi kunda bu “kognitiv testlar” kabi yangi klassifikasiyalarga ehtiyoj yo’q.
Testdagi topshiriqlarga qarab, ular quyidagicha turkumlanadi: verbal (masalan, so’zlar klassifikasiyasi testi) va noverbal (masalan, Raven matrisalari). Bundan tashqari, intellekt testlari individual (masalan, Veksler shkalasi) va guruhiy (masalan, Alfaning harbiy xizmat testi)ga bo’linadi. Aytib o’tilgan turli xil testlardan tashqari, spesifik populyasiya testlari gohida ajralib turadi. Bu testlar chaqaloqlar, jismoniy nosog’lom va har xil madaniyatga bo’linuvchilar uchun mo’ljallangandir.
Psixodiagnostikani kompyuterlashtirish intellektning moslashtirilgan testlarini vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
Psixodiagnostika tarixidan ma’lum bo’lishicha, psixometrik intellekt bugungi kunda ikki maktab: ingliz va AQSh maktabi namoyondalari ishlarida ko’rinadi. Intellektni o’rganuvchi testlarda umumiy baholash har xil mashqlarga qarab o’lchanadi, ularda sinaluvchilar intellektning bir-biri bilan bog’liq va bog’liq bo’lmagan guruhiy test mashqlarini bajaradilar. Oxirgi o’n yil ichida Sharqda mashhur nazariya yuzaga keldi, unga ko’ra intellekt davom etuvchi va krisstallashgan (maktab miqyosida, umumiy intellekt testlarini tan oluvchi) bo’ladi. Yuqoridagi komponentlarga qarab testlar mavjud va ularning hammasi intellektni o’lchaydi.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling