Psixodiagnostika
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.4. Xulq psixogigiyenasi va maqsadga muvofiq xulqning tamoyillari
18.4. Xulq psixogigiyenasi va maqsadga muvofiq xulqning tamoyillari Xulq psixogigiyenasi va psxoprofilaktikasi deganda, psixologik yordamning shunday yo’nalishini nazarda tutamizki, uning maqsadi normadagi mehnat sharoitlarida faoliyat ko’rsatayotgan insonlarga noo’rin ishlar qilib qo’ymaslik, agar xatti-harakatlarning salbiy ko’rinishlari yuz bergan taqdirda uni bartaraf etish, ruhan iztirob chekmaslik vositalari yordamida xizmat ko’rsatish nazarda tutiladi. Mehnat jamolaridagi xulq psixogigiyenasi shunday shart-sharoitlar majmuni o’z ichiga oladiki, ular har bir xodimni distresslarsiz normal faoliyat ko’rsatishini ta’minlashi kerak. Normalar va sanksiyalar tizimiga mos tarzda shaxsning o’z imkoniyatlari va iqtidori darajasini anglashi o’z zimmasiga haddan ziyod og’ir vazifalar va mas’uliyatlarni olmasligi, shaxsning jamiyat, oila va shaxslararo munosabatlar tizimidagi mavqyeini muvofiqlashtirish, aqliy va jismoniy imkoniyatlarga e’tibor berish xulq psixogigiyenasining muhim shartidir. Maqsadga muvofiq xulq tamoyillari. Litvalik psixofiziolog K.Dineyka odamlarning o’zaro ta’sir va birgalikdagi faoliyatlari jarayonida kelib chiqadigan ziddiyatlar va ularni bartaraf etish tamoyillarini “Dvijeniya, dixaniya, psixofizicheskaya trenirovka” kitobidan quyidagicha ifodalaydi: asosiy narsadan ikkinchi darajali narsani ajrata olish; ichki ruhiy xotirjamlikni saqlay bilish; emosional yetuklik va barqarorlik; voqyea-hodisalarga nisbatan ta’sir me’yorini bilish; har qanday muammolarga turlicha nuqtai nazar bilan yondosha olish; kutilmagan tasodifiy hodisalarni idrok etishga tayyorgarlik; obyektiv baholay olish qobiliyatining borligi; kuzatuvchanlikning borligi; uzoqni ko’ra bilish; o’zgalarni tushunish qobiliyati; har qanday hodisa va natijadan ijobiy narsani ajrata olish. Bundan tashqari, muallif shaxslararo munosabatlarini to’g’ri va oqilona bo’lishida “donolarcha kulish”, “chiroyli fikrlar sohibi bo’lish”, hayotga falsafiy boqish, unga nisbatan donolarcha munosabatni shakllantira olishni ham xulq “kodeksi” – xulq psixogigiyenasining asosidir. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling