Psixodiagnostika


Download 1.89 Mb.
bet138/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

Usulning nomi

Usulning qisqacha tavsifnomasi

Rejalashtirish

Shaxsiy yoki kasb hayotida ko’pgina muammolarni rejalashtirish usuli yordamida ham qilish mumkin. O’z shaxsiy yoki xizmat vazifalaringizni bilib olishga birmuncha vaqt ajrating. Ertangi kun faoliyatingizni rejalashtirib qo’yish uchun ishda muayyan soatlarni belgilab qo’ying. Bu faoliyat sizning shaxsiy maqsadlaringiz va butun kompaniyaning maqsadlariga qanday mos kelishini belgilang.

Jismoniy mashqlar

Muntazam bajarib boriladigan mashqlar inson sog’lig’i uchun juda foydalidir. Ular salbiy energiyaning chiqib keimshm uchun imkon tug’diradi, umumiy jismoniy holatga qulay ta’sir ko’rsatadi.

Parhyez

Davomli stress vitaminlar yetishmasligiga, organizmning zaiflashuviga, kasalliklarni kuchli idrok qilishga shart-sharoit yaratishi mumkin. Bundan tashqari, stress vaqtida normal ovqatlanish rejimi buziladi, shuning uchun to’g’ri parhyezga amal qilish muhimdir.

Psixoterapiya

Kasb mutaxassislari bilan intensiv ish olib borishda odatda ishlatiladigan texnikalar juda xilma-xildir.

Psixologik tahlil

Bu psixoterapiyaning bir shakli bo’lib, unda normal bo’lmagan xulq-atvorning ongsiz asoslari tadqiq etiladi.

Meditasiya va bo’shashi

Uzoq Sharqdan keltirilgan ko’p sonli misollar: meditasiya, yoga, dzen-buddizm va boshqa usullarni qamrab oladi.



18.4. Xulq psixogigiyenasi va maqsadga muvofiq xulqning tamoyillari


Xulq psixogigiyenasi va psxoprofilaktikasi deganda, psixologik yordamning shunday yo’nalishini nazarda tutamizki, uning maqsadi normadagi mehnat sharoitlarida faoliyat ko’rsatayotgan insonlarga noo’rin ishlar qilib qo’ymaslik, agar xatti-harakatlarning salbiy ko’rinishlari yuz bergan taqdirda uni bartaraf etish, ruhan iztirob chekmaslik vositalari yordamida xizmat ko’rsatish nazarda tutiladi.
Mehnat jamolaridagi xulq psixogigiyenasi shunday shart-sharoitlar majmuni o’z ichiga oladiki, ular har bir xodimni distresslarsiz normal faoliyat ko’rsatishini ta’minlashi kerak.
Normalar va sanksiyalar tizimiga mos tarzda shaxsning o’z imkoniyatlari va iqtidori darajasini anglashi o’z zimmasiga haddan ziyod og’ir vazifalar va mas’uliyatlarni olmasligi, shaxsning jamiyat, oila va shaxslararo munosabatlar tizimidagi mavqyeini muvofiqlashtirish, aqliy va jismoniy imkoniyatlarga e’tibor berish xulq psixogigiyenasining muhim shartidir.
Maqsadga muvofiq xulq tamoyillari. Litvalik psixofiziolog K.Dineyka odamlarning o’zaro ta’sir va birgalikdagi faoliyatlari jarayonida kelib chiqadigan ziddiyatlar va ularni bartaraf etish tamoyillarini “Dvijeniya, dixaniya, psixofizicheskaya trenirovka” kitobidan quyidagicha ifodalaydi:

  • asosiy narsadan ikkinchi darajali narsani ajrata olish;

  • ichki ruhiy xotirjamlikni saqlay bilish;

  • emosional yetuklik va barqarorlik;

  • voqyea-hodisalarga nisbatan ta’sir me’yorini bilish;

  • har qanday muammolarga turlicha nuqtai nazar bilan yondosha olish;

  • kutilmagan tasodifiy hodisalarni idrok etishga tayyorgarlik;

  • obyektiv baholay olish qobiliyatining borligi;

  • kuzatuvchanlikning borligi;

  • uzoqni ko’ra bilish;

  • o’zgalarni tushunish qobiliyati;

  • har qanday hodisa va natijadan ijobiy narsani ajrata olish.

Bundan tashqari, muallif shaxslararo munosabatlarini to’g’ri va oqilona bo’lishida “donolarcha kulish”, “chiroyli fikrlar sohibi bo’lish”, hayotga falsafiy boqish, unga nisbatan donolarcha munosabatni shakllantira olishni ham xulq “kodeksi” – xulq psixogigiyenasining asosidir.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling