Psixodiagnostika
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- STRESS HOLATLARINI ANIQLASH VA
Internet ssilka:
http://www.referatbank.ru/inforef.php?subsection_i... http://www.psi.chol.ru/difpsi/kreat.htm http://www.soc.pu.ru/mate... http://www.msu.ru/study/d... XVIII bob ZIDDIYATLI VAZIYATLAR SHAROITINI,STRESS HOLATLARINI ANIQLASH VAXULQ PSIXOGIGIYENASIBobning qisqacha mazmuni Ziddiyatlar va ularning emosional his qilinishi. Diagnostika va boshqarishning o’xshash usulini tanlash uchun tasniflangan ziddiyatlar. Ziddiyatli xulq va uni his qilishning yosh va jins xususiyatlari. Yosh davri nizolari. Nevrotik va travmatik tanozillar. K.Tomas va R.Kilmennlar tomonidan ajratilgan ziddiyatli vaziyatda xulq-atvorning beshta uslubi. Ziddiyatdagi xulq-atvor ish shakllarining chizmasi. Stress haqida tushuncha, uning ijobiy va salbiy oqibatlari. Stress tushunchasi. Stresslarni betaraflashtirish usullari. Xulq psixogigiyenasi va maqsadga muvofiq xulqning tamoyillari. Xulq psixogigiyenasi va psxoprofilaktikasi. Maqsadga muvofiq xulq tamoyillari. Ishlab chiqarish ziddiyatlari sharoitida shaxs xulqining o’ziga xosligi. Gorizontal o’zaro munosabatlardagi ziddiyatlar. Ish sharoiti va vertikal o’zaro munosabatlardagi ziddiyatlar. Psixometrik ziddiyat (paradoks). Yuqori j – koeffisent. Past j – koeffisent. Fergyuson kattaligidagi funksional bog’lanish. S-paradoks. Interindividual (yakka) o’zgaruvchanlik. Psixometrik paradoksning psixologik talqini. 18.1. Ziddiyatlar va ularning emosional his qilinishi Ziddiyatlar qarama-qarshi fikr, qarashlarning to’qnashuvi bo’lib, u asosan shaxslararo munosabatlar jarayonida kelib chiqadi. Ziddiyatlar motiv, qiziqish, qarashlarning mos kelmasligiga ko’ra shaxsning ichki holati ijtimoiy muhit bilan bo’ladigan munosabatlarida ushbu ko’rinishlarga ega: oilada ota-ona va farzand orasidagi qarashlar mos kelmasligidan; shaxaslarda, jamoalarda, hamkasblar orasidagi ishiga, predmetga, qiziqishlarga ko’ra yuzaga keladiganlarga; guruhlar orasidagi o’z qarashlarini amalga oshirish yuzasidan; shaxs ichidagi o’zga odamlar bilan ishlashda ularga ustunlik qilish yuzasidan amalga oshadigan. Ixtiloflar, ya’ni kelishmovchiliklar individlarning o’zaro bir-biriga ta’sir ko’rsatishi, o’zaro muomalada bo’lishi jarayonida vujudga keladi. Ayrim tadqiqotlarda ziddiyatlarning “ma’naviy otasi” deb Geraklitni hisoblaydilar, shuningdek Sokrat va Platonga havola qilishlar ham uchraydi. Gegelga, uning ziddiyatlar to’g’risidagi va qarama-qarshiliklarning kurashi haqidagi ta’limotiga yetarli darajada tez-tez murojaat qiilib turiladi. XX asr boshlarida bir qator nemis, avstriyalik va amerikalik sosiologlar: G.Zimmel, L.Gumplovich, D.Smolli, U.Samner kabilarning tadqiqotlari bilan ziddiyatlar nazariyasiga asos solindi. Ulardan eng mashhuri G.Zimmel bo’lib, u ziddiyatlarni jamiyat hayotidagi muqarrar hodisa qaragan, ziddiyatlar inson hayotining xususiyatidan kelib chiqadi va shaxsga xos bo’lgan hujumkorlik instinktdan paydo bo’ladi, deb hisoblaydi. Diagnostika va boshqarishning o’xshash usulini tanlash uchun ziddiyatlar quyidagicha tasniflangan: antogonistik ziddiyatlar; kelishib hal qilinadigan ziddiyatlar; ijtimoiy ziddiyatlar; tashkiliy ziddiyatlar; hissiy va shaxsiy ziddiyatlar; vertikal va gorizontal ziddiyatlar; oshkora ziddiyatlar; yashirin ziddiyatlar; shaxsning ichki ziddiyatlari; guruhlararo va shaxslararo ziddiyatlar. Kritik vaziyatlarda shaxs va jamoalardagi muhit holatini emosional his qilish orqali ularni boshqarish mumkin. Emosional his qilish shaxs psixikasining hissiy-irodaviy, intellektual jihatlariga bog’liq. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling