Psixodiagnostika
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
Internet ssilka:
http://ncdo.levsha.ru/ncdo_recr.htm http://science-education-books.webshops.ru/g10145 http://www.alfaconsultant.ru/collection/ref-order.... http://oz.by/books/more101335.html CLOSSARIYCLOSSARIY Adekvatlik – teng, o’xshash, muvofiq kelmoq. Analogiya – psixik hodisalar va xulq-atvor xususiyatlarining o’xshashligi. Anketa – metodlardan biri bo’lib, respondent to’g’risida aniq ko’zlangan ma’lumotlarni yig’ish maqsadida qo’llaniladi. Assosiasiya – psixik hodisalar orasidagi o’zaro bog’lanish, u ma’lum qonunlar bo’yicha tarkib topadi. Atribusiya xatosi – tekshiriluvchida mavjud bo’lmagan omillarni hisobga olish yoki noturg’un xususiyatlarni turg’un, deb baholash. Attraksiya – bir kishini boshqa kishi ko’rib qolganda, idrok etishda yuz beradigan tafakkur turi. Apatiya – kishining tevarak atrofdagi olamga nisbatan befarqlik xolati. Astenik – shaxsning faolligini susaytiruvchi kechinmalar. Audivizual idrok – shaxsning bir vaqtning o’zida ham eshitib, ham ko’rib idrok qilishi. Autogen mashq – shaxsning o’z-o’zini ishontirish va o’z-o’zini idora qilishga asoslangan psixoterapevtik usul. Affekt – kuchli, jo’shqin va nisbatan qisqa muddatli emosional kechinmalar sifatida ro’y beradigan psixologik holat. Baho – turli usullar orqali qo’lga kiritilgan natijalarning, xususan, intervyu, psixologik testlar, fiziologik yoki psixofiziologik o’lchovlar, apparaturalar holatining kuzatilishidir. Bilish radikalizmi – ishchi farazlarga nisbatan yuqori baholash an’anasining mavjudligi va yaxshi iboralarni qidirishga bo’lgan xohishning yo’qligi. Biografik metod – odamni uning tarjimai holi bilan bog’liq bo’lgan xujjatlar orqali o’rganish usuli. Bixeviorizm – psixologiyaning o’rganish predmeti sifatida odam xulq-atvorini olinishi nazariyasi. Breynshorming – aqlga xujum – baxslarni tashkil etishda qo’llaniladigan interfaol usuldir. Bosqichlar – muloqotda mavjud bo’lgan shaxsning o’zi bilan, boshqalar bilan va avlodlar orasida kechadigan jarayoni. Verbal – og’zaki ifodalangan nutq. Vegetativ nerv tizimi – nerv tizimining organizm ichki a’zolari faoliyatini va modda almashinuvini boshqarib turadigan bir qismi. Genotip – ota-onadan farzandga o’tadigan irsiy belgilar majmui. Gerontopsixologiya – psixologiya tarmog’i, qarilik davri psixologiyasini o’rganadi. Gnostik – butun borliqni bilishga yo’naltirilgan faoliyat. Guruh – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo’lish xarakteri kabi qator belgilarga asoslangan ijtimoiy jamoa. Dunyoqarash – odamning tevarak-atrofdagi oamga va unda o’zining tutgan o’rniga qarashlaridan kelibchiqqan tizim. Uning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy, aqliy va estetik qarashlari yig’indisi. Depressiya – tushkunlik kayfiyati. Diagnostika – yorqin namoyon bo’luvchi individul-psixologik, psixofiziologik xususiyatlar asosida olingan ma’lumotlarni taqqoslash bilan alohida kishi yoki ma’lum shaxslar guruhi borasida xulosa chiqarish demakdir. Diqqatning barqarorligi – diqqatning ma’lum obyektga uzoq vaqtdavomida muttasil qaratilishi. Diqqatning ko’lami – bir vaqtning o’zida diqqatning bir qancha obyektga qaratilishi imkoniyati. Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha obyektga taqsimlanish xusuiyati. Diqqatning ko’chishi – diqqatni ixtiyoriy ravishda bir obyektdan ikkinchisiga ko’chirish. Dialog – ikki va undan ortiq kishilarning o’zaro og’zaki gaplashishi. Dialogik nutq – nutq turlaridan bo’lib, bunda so’zlovchilar barobar teng, birgalikda faollik ko’rsatadi. Dominant shaxs – boshqalar bilan muomala va munosabat o’rnatishda o’z fikrini o’tkazish xislatining yorqin namoyon bo’lishi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling