Psixodiagnostika


Ziddiyatli xulq va uni his qilishning yosh va jins xususiyatlari


Download 1.89 Mb.
bet136/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

18.2. Ziddiyatli xulq va uni his qilishning yosh va jins xususiyatlari


Turli ijtimoiy vaziyatlardagi noqulayliklar, muammolar, o’ziga xos ziddiyatlarni keltirib chiqarishi ma’lum. Shunka ko’ra, inson yosh davrlarida kritik hissiy-kechinmalar kuzatiladi. Yosh davri nizolari – bu o’ziga xos, uncha uzoqqa cho’zilmaydigan ontogenez davrlari bo’lib, bu vaqtda keskin psixik o’zgarishlar ro’y beradi.
Nevrotik va travmatik tanozillardan farqli ravishda yosh tanozillari normativ jarayon bo’lib, u shaxs rivojlanishi jarayonida albatta yuz beradi. Shaxs rivojlanishi, ijtimoiylashuvida hamda ziddiyatli xulqi namoyon bo’lishida yosh davrlarining o’ziga xos: uch yoshlilar, o’smirlik, balog’at, keksalik davridagi jins xususiyatlari yuzaga keladi. Uch yoshlilarda o’z shaxsiy “Meni”ni anglash va namoyish etish kuzatiladi. O’smirlik va keyinchalik o’spirinlik yillarida esa kattalik hissi, avtonomlikka intilish kabilar bilan bog’liq his-kechinmalar ham kritik holatlarni kuzatilishiga olib keladi. Qarilik davrida ham o’ziga xos hissiy kechinmalar va xulqda o’zgarishlar yuz beradi. Ziddiyatli vaziyatda xulqning namoyon bo’lishida nafaqat yosh, balki jins ham o’zini ko’rsatadi, ya’ni erkaklar o’zgacha xulq-atvor ko’rinishini, ayollar esa o’zgacha xulqni namoyon etadilar. Erkaklarda namoyish etish kam, ziddiyatli vaziyatlarni chuqurlashtirmaslik va mulohazalilik xususiyati ko’proq shakllangan. Ayollarda esa ko’p gapirish (verbal komponent ustunligi), o’zini ko’proq ko’rsatish, emosional holatlarini yaqqol ko’rsatish xususiyatlari rivojlangan.
K.Tomas va R.Kilmenn ziddiyatli vaziyatda xulq-atvorning quyidagi beshta asosiy uslubini ajratib ko’rsatganlar:

  • moslashish, yon beruvchanlik;

  • bosh tortish;

  • qarshi kurashish;

  • hamkorlik;

  • murosaga kelish.

Tasniflash asosini ikkita mustaqil o’lchov tashkil etadi:

Buni grafik tarzda ko’rsatganda biz Tomas-Kilmenn turiga bo’lamiz. U muayyan ziddiyatni tahlil va xulq-atvorning oqilona shaklini tanlash imkonini beradi (18.2.1-rasm).




18.2.1-rasm. Ziddiyatdagi xulq-atvor ish shakllarining chizmasi
Har bir kishi bu xulq-atvor shakllarining hammasidan ma’lum darajada foydalanishi mumkin, lekin odatda ustivor shakl ham mavjud bo’ladi.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling