Psixodiagnostika
Psixodiagnostik metodlarning umumiy chizmasi
Download 1.89 Mb.
|
PSIXODIAGNOSTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.7. Rezyume
5.6. Psixodiagnostik metodlarning umumiy chizmasi
Psixodiagnostikaning barcha metodlari psixologiyani barcha sohalarida, xususan, faoliyatning turli yo’nalishlarida qo’llaniladi. Ilmiy psixologiyada ular tadqiqot metodlarini o’tkazish va tashkillashtirish jarayonida qo’llanilsa, amaliy psixologiyada esa psixologik maslahat, psixokorreksion ishlar, professional tayyorgarlik kabi sohalarida foydalaniladi. To’g’ri tashkillashtirilgan izlanishlarda, sinaluvchilarning u yoki bu psixologik xususiyatlarining rivojlanish bosqichlari tadqiqot jarayonidan oldin ham keyin ham baholanishi tabiiy holat hisoblanadi. Chunki, bu holat olib borilgan tadqiqot ushbu xususiyatlarning o’zgarishiga qanchalik darajada ta’sir o’tkazganligini aniqlab beradi. Bu jarayon psixologik maslahat va psixokorreksion tuzatishlarga ham daxldordir. Ma’lumki, maslahat olib borayotgan amaliy psixolog o’z mijozining psixologik xususiyatlarini shakllanganlik holatini baholay olishi kerak. Bu – xuddi shifokorning oldiga kelgan bemorga tashxis qo’yish va uning davolash muolajalarini aniqlashga o’xshash jarayondir. So’ngi yillarda ayrim mutaxassisliklar psixologiyaga,xususan, uning predmeti hisoblangan inson xulq-atvoriga bir qator talablarni qo’ymoqda. Shu bilan birga, kishining professional layoqatini belgilab beruvchi psixologik sifatlarning aniq diagnostikasi ham talab etilmoqda. Mazkur holatlar psixodiagnostik metodlardan foydalanuvchi kishilarning professional tayyorgarlik va tanlash jarayonlari bilan uzviy bog’liqdir. Zamonaviy psixodlogiyaning psixodiagnostik metodlarining mingdan ortiq turlari mavjud bo’lib, ulardan samarali foydalanish uchun mutaxassis malakali bilim va ko’nikmaga ega bo’lishi kerak. Ba’zan esa umumiy metodlar chizmasini o’zlashtirib olishning o’zi, amaliy faoliyatda yaxshi samara berishi mumkin. Masalan, psixodiagnostik metodlarning umumiy holati ko’rinishda quyidagi taklif qilinadi: Kuzatishga asoslangan psixodiagnostik metodlar. So’rovnomali psixodiagnostik metodlar. Obyektiv psixodiagnostik metodlar (mehnat faoliyati mahsullari va xulq-atvorni tahlil qiluvchi). Psixodiagnostikaning tajribaviy (eksperimental) metodlari. Tajribaning psixodiagnostik metod sifatidagi ahamiyati sinaluvchining biror-bir psixologik xususiyatini baholash imkonini mavjudligi bilan izohlanadi. 5.7. Rezyume Psixodiagnostika metodlari haqida umumiy tushuncha, avvalo, kuzatuv va eksperiment metodlarining imkoniyatlarini yoritilishi bilan izohlanadi. So’ngra ijtimoiy-psixologik diagnostika va so’rov usullari, ijtimoiy-psixologik hodisalarni o’rganishda ishlatiladigan testlar hamda ijtimoiy-psixologik hodisalarni o’rganuvchi noan’anaviy metodlarning tavsiflash bilan chegaralanadi. Amaliy psixologiyaning ayrim metodologik va uslubiy masalalari esa, yuqoridagi metodlar va ularga nisbatan diagnostik yondoshishning xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Va u, o’z navbatida psixologiyani anglash vositalarining iyerarxik zinasini asoslaydi. Psixologiya va psixodiagnostikaning aniqlangan metodlari, ularning yo’nalishlari belgilab beradi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling