Psixodiagnostika


Download 1.89 Mb.
bet84/151
Sana09.03.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1255803
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151
Bog'liq
PSIXODIAGNOSTIKA

11.2. Test – topshiriq


Test – topshiriq odam xulqi va holatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi kreaktivlilikni aniqlash uchun ko’pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan o’zi xohlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi. Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning o’ziga xos va betakrorligiga qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreaktivligiga baho berilib, miqdoriy ko’rsatgich aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo’llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o’tkazish imkoniyatining borligi bo’lsa, kamchiligi – ba’zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun’iy tarzda uning kechishiga ta’sir ko’rsatishi, faktlarni falsifikasiya qilishi mumkinligidir.


Topshiriq

Autodiagnostika metodlaridan xohlaganini tanlab, o’zingiz haqingizda “avtopsixologik portret” yozing.




11.3. Proyektiv metodlar


Proyektiv metodlar test usullarining bir ko’rinishi hisoblanib, ularda tekshiriluvchiga aniq tizimga yoki ko’rinishga ega bo’lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash topshirig’i beriladi. Binobarin, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo’lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko’rinishi mavjud emas buyumlar, yog’ochlar berilishi, yoki ularga qarab tekshiriluvchi o’zining hissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baholashi kutiladi.
Proyektiv usullar qatoriga mashhur “Rorshaxning siyoh dog’lari” testini kiritish mumkin (1921y.). Bu – ikki tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil dog’lardan iborat bo’lib, har bir “dog’” nimaning shaklini eslatishi so’raladi. Uning og’zidan chiqqan so’zlar, assosiasiyalarga qarab (kontent-tahlil qilinib), shaxs xususiyatlari yuzasidan xulosa chiqariladi.
Yana bir proyektiv usul – bu S.Rozensveygning rasmli assosiasiyalaridir. Bunda turmushda tez-tez uchrab turadiganziddiyatli vaziyatlarni aks ettirgan rasmlar tekshiriluvchiga tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan personajlar nimalarnidir gapirayotgan holda gavdalantiriladi, unga qarama-qarshi tomondagi shaxs hali javob qaytarib ulgurmagan, tekshiriluvchidan tekshiruvchi tez, qisqa muddat ichida bo’sh kataklarga qaytarilishi kutilayotgan javobni yozishni so’raydi. Berilgan javoblarga qarab shaxsning yo’nalishi, uning ziddiyatlarga munosabati, jaholat hissining xususiyatlari, bu hisning kimlarga qaratilganligi va shunga o’xshash faktlar to’planadi.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling