Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha


Download 1 Mb.
bet126/154
Sana03.12.2023
Hajmi1 Mb.
#1797015
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154
Bog'liq
Psixodiagnostika-fayllar.org

16.3.2. Adolatlilik nazariyasi
Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun odamlar qanday qilib o’z kuchlarini taqsimlashi va yo’naltirishi to’g’risidagi boshqa bir tushuntirishni adolatlilik nazariyasi beradi. Adolatlilik nazariyasi bo’yicha, tadbirkor olgan manfaatlarini sarf qilgan kuchlariga munosabatini subyektiv tarzda aniqlashadi va xuddi shunday ish bajarayotgan boshqa tadbirkorlarni olgan manfaatlari bilan taqqoslashadi. Agarda taqqoslash nomutanosiblikni yoki tengsizlikni ko’rsatsa, ya’ni kasbdoshini xuddi shunday ishi uchun ko’proq manfaat olgan, deb hisoblasa, unda psixologik stresslar paydo bo’ladi.

Natijada, tadbirkor tenglikni yoki adolatlilik hissiyotini, sarf qilayotgan kuch-g’ayratini kamaytirish va olayotgan daromad miqdorini o’zgartirish orqali to’g’rilashi mumkin bo’ladi. H.R. Arkes, Y.P. Garske olib borgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qachonki tadbirkor kam daromad topayapman, deb hisoblasa, ish intensivligini kamaytiradi. Agarda teskarisi, ya’ni ko’p daromad topayapman, deb hisoblasa, o’z faoliyatini va xulqini o’zgartirishga unchalik moyillik bildirmaydi.




16.4. Portyer-Louler (Porter-Lawler) modeli

Layman W. Porter va Edward E. Lawlerlar kutishlar va adolatlilik nazariya-larini o’z ichiga oluvchi, motivasiyaning jamlanma jarayoniy nazariyasini yaratishadi (16.4.1-rasm).


Ularning modellarida beshta asosiy ko’rsatkich mavjud: sarf qilingan mehnat, qaror qabul qilish, olingan natijalar, rag’batlantirish, qoniqqanlik darajasi.

16.4.1-rasm. Porter-Lawler modeli
Porter-Lawler modeliga binoan natijalar samarasi tadbirkor tomonidan sarf qilingan mehnatiga, uning qobiliyatiga va xarakteriga, shuningdek, o’zining rolini tushuna olishiga bog’liq. Qilinadigan mehnat darajasi, rag’batlantirish qiymati va sarf qilingan mehnatning aynan shu darajasi, haqiqatda o’z orqasidan ma’lum bir rag’batlantirishlar olib kelishiga ishonch tuyg’usiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari, Porter-Lawler modelida rag’batlantirish va natijalar orasidagi bog’liqlik belgilanadi, ya’ni tadbirkor o’z ehtiyojlarini erishgan natijalariga beriladigan rag’batlar orqali qondiradi. Porter-Lawler modeliga binoan tadbirkor erishgan natijalar uchta ko’rsatkichga bog’liq bo’ladi: sarf qilingan mehnat, inson qobiliyati va xarakteri, shuningdek, sarf qilingan mehnat bilan daromad orasidagi bog’liqlikni borligiga ishonch.

Porter va Lawlerlarning asosiy xulosalaridan biri shundan iboratki, natijaviy mehnat qoniqishga olib keladi. Bu esa ko’pchilik tadbirkorlarning motivasiya haqidagi fikriga to’g’ridan to’g’ri qarama-qarshidir. Ular insoniy munosabatlarning eski nazariyalari ta’siri ostidalar, ya’ni qoniqish mehnatning yuqori natijalarga erishishiga olib keladi, yoki boshqacha qilib aytganda, mamnun ishchi yaxshiroq ishlaydi, deb o’ylashadi. Porter va Lawler esa, aksincha, bajarilgan ish tuyg’usi qoniqishga olib keladi va shunga ko’ra samaradorlik ham oshadi, deb hisoblashadi.


Bu borada amalga oshirilgan tadqiqotlar, Porter va Lawlerlarning, yuqori natijaviylik to’liq qoniqish natijasi bo’lmasdan, balki uning sababi bo’lib keladi, degan nuqtai nazarini tasdiqlaydi.
D.O.Hebbning fikricha, ishlab chiqarishdagi motivasiya, asosan, tadbirkor faoliyati sifatini ko’tarish maqsadida, faoliyatni qo’llab-quvvatlash va uni yo’naltirish kabi harakatlar bilan uzviy bog’liq jarayondir.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling