17.5. Tushunchalarni taqqoslash
Myetodika talabadagi elementar fikrlash ko’nikmasining mavjudligini aniqlash imkonini beradi. U taqqoslash orqali berilayotgan so’zlardagi o’xshashlik va farqlarni aniqlashga yo’naltirilgan. Talabaga bir qancha taqqoslash imkoniyati bor so’zlar beriladi. So’zlar majmuasi orasiga taqqoslash mumkin bo’lmagan, ya’ni umumiy belgiga ega bo’lmaganlari ham qo’shiladi. Masalan, “ko’l – daryo”, “daraxt – yog’och”, “ruchka – qalam”, “o’qituvchi – talaba”, “temir – sut”. Talabaning vazifasi berilgan so’zlarning umumiy, o’xshash tomonlarini va ular nimasi bilan bir-biridan farq qilishini ko’rsatish.
1-misol:
Mazmun jihatdan “biografiya” so’zi bilan qaysi so’z bir xil?
tasodif;
qahramonlik;
tarjimai hol;
kitob;
yozuvchi.
Bu yerda “tarjimai hol” so’zi to’g’ri hisoblanadi va uning tagiga chiziladi.
Topshiriqlar to’plami.
Ism va sharifning bosh harflari nima deyiladi?
to’g’ri;
inisial;
dasxat;
indeks;
anagramma.
Insonparavar nima degani?
jamoatchi;
odamiy;
yuksak kasbli;
tajovuzkorlik;
kalondimog’lik.
Tabiat va jamiyat haqidagi qarashlar tizimi nima deyiladi?
orzu;
baholash;
dunyoqarash;
saviya;
illyuziya (aldanish).
Mazmun jihatdan “demo-kratiya” so’zi bilan qaysi so’z bir xil?
bosh-boshdoqlik;
yakka hrkimiyatchilik;
Do'stlaringiz bilan baham: |