Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha


Download 1 Mb.
bet130/154
Sana03.12.2023
Hajmi1 Mb.
#1797015
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   154
Bog'liq
Psixodiagnostika-fayllar.org

Internet ssilka:
http://www.IqtisadNet_ProtestantetikasıvekapitalizmruhuMaxWeber_htm
http://www.magister.msk.ru/library/philos/bulgakov/bulgak02.htm
http://www.unilib.neva.ru/rus/lib/g_names/struve_l.html
http://www.contr-tv.ru/common/1391/


XVII bob

MEHNAT MALAKALARI VA

KO’NIKMALARINING DIAGNOSTIKASI


                  Bobning qisqacha mazmuni

                  Mehnat malakalari va ko’nikmalarini o’rganish masalalari. Talabaning ta’lim olishga bo’lgan qobiliyatini alohida o’quv fanlari bo’yicha o’quv materiali asosida tuzilgan metodika yordamida aniqlash.
                  Talabaning o’quv va mehnat ko’nikmalarining diagnostikasi. Talabaning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlashda qo’llaniladigan metodikalar.
                  Ortiqcha predmetni olib tashlash metodi. Talaba tafakkurining analitik-sintetik xususiyatlari. Tahlil qilinayotgan materialni umumlashtira olish malakasi.
                  Ortiqcha tushunchani topish metodikasi. Metodikaning verbal (so’zlar yordamida ifodalanadigan) varianti.
                  Tushunchalarni taqqoslash. Taqqoslash orqali berilayotgan so’zlardagi o’xshashlik va farqlarni aniqlash. Topshiriqlar to’plami.
                  Oddiy va murakkab analogiya metodi. Oddiy analogiya. Murakkab analogiya.


                  17.1. Mehnat malakalari va ko’nikmalarini o’rganish masalalari

                  Ko’p yillik kuzatishlar va pedagogik tajribalar, ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, talabaning aqliy rivojlanish darajasini pastligi yoki ularda ma’lum o’quv malakalarning rivojlanmaganligi, past o’zlashtirishga, talabaning kasbga, ilmga qiziqishining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun, talabaning intellektual rivojlanish darajasini, ularda mavjud o’quv malakalarini o’rganish, kamchiliklarni tuzatish, maxsus o’quv va mehnat malakalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan ishlar o’quv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi. Hozirgi vaqtda psixologlar, pedagoglar va amaliy psixologlar oldida ikkita o’zaro uzviy muammo: ta’lim olishga bo’lgan qobiliyat va o’zlashtirishning pastligi sababi hamda qobiliyat va o’zlashtirishning bog’liqligini o’rganish dolzarb bo’lib turibdi.


                  Agar talabaning ta’lim olishga bo’lgan qobiliyatini alohida o’quv fanlari bo’yicha o’quv materiali asosida tuzilgan metodika yordamida aniqlansa, uning faqat shu o’quv predmeti (iqtisodiyot, psixologiya, pedagogika, buxgalteriya hisobi...) bo’yicha ta’lim olishga bo’lgan qobiliyati aniqlanadi. Masalan, vazifalarning barchasi iqtisodiyot fanidan tuzilsa, talabaning iqtisodiyot fanidan qanday bilimga egaligini, ehtimol unda qanchalik shu fanni o’zlashtirishga imkoniyat va bilim borligini ko’rish mumkin. Bunday metodikalarning qo’llanilish sohalari, chegaralari va qo’llanilish muddatlari cheklangan. Diagnostikaning asosiy vazifasi faqatgina bir fandan emas, balki bir qancha fanlardan o’zlashtirishini, yomon o’zlashtirish sabablarini (agar shunday hol ro’y bersa) topishdangina iborat emas. Psixodiagnost uchun talabaning haqqoniy o’quv imkoniyatlarining barcha qirralarini iloji boricha to’liq ochib berishga xizmat qiluvchi, har qanday sharoitda, qaysi predmetdan qanday mavzu o’tilganidan qat’iy nazar qo’llash mumkin bo’lgan metodikalar zarur.
                  Ma’lumki, ko’pchilik pedagoglar talabalarning aqliy rivojlanishini baholashda qiynaladilar va buning oqibatida ularning ish faoliyatida ta’lim jarayonida hisobga olinishi lozim bo’lgan muhim omil go’yoki chetda qolib ketadi.
                  O’quvchilarning aqliy rivojlanish darajasi ulardagi nazariy yoki amaliy bilim olishga bo’lgan qobiliyat hamda bilimning mavjudligi bilangina aniqlanmaydi. Talabaning aqliy rivojlanish darajasi tafakkur jarayonlarining rivojlanganligi, o’quv materialining muhim va asosiy qismlarini ajrata olishi, olgan bilim yoki hosil qilingan, o’zlashtirilgan ko’nikmani boshqa faoliyatga ko’chira olishi, turli nazariy bilimlarni amalda qo’llay olishi, texnik vazifalarni yecha olishi (texnik tafakkur) kabi bir qancha belgilar bilan aniqlanadi. Shu sababli amaliy psixologlar talabaning o’rganayotgan kasbi, qaysi o’quv predmetining muhimligidan kelib chiqqan holda uni baholashlari osonroq bo’ladi. Masalan, texnik tafakkurini baholashda, uning tafakkurini obrazli komponentlari, predmet va vazifalarni fazoda idrok qila olishi, turli chizma, grafiklarni, chizmalarni tasavvurda tiklashi va real hayotda qanday ko’rinishga, qinday ishlashini tushunishi ko’p ahamiyatga egaligiga e’tibor berish kerak. Texnik tafakkurning asosiy komponentlari tushunchalar, obrazlar, obrazli-harakatli va abstrakt (mavhum) tafakkurdir. Boshqacha qilib aytganda, psixodiagnost talabaning o’quv malakalarini o’rganishda fanning xususiyatlaridan kelib chiqishi lozim.



                  Download 1 Mb.

                  Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling