Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha
Psixodiagnostik metod turlari
Download 1 Mb.
|
Psixodiagnostika-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.5. Psixodiagnostik metod yo’nalishlari
- 5.5.1-rasm. Psixodiagnostik metod yo’nalishlari
5.4. Psixodiagnostik metod turlari
Psixodiagnostikada qo’llaniladigan obyektiv metodlar xilma-xil bo’lib, uning ko’proq qo’llaniladigan turlariga kuzatish, so’roq, test, eksperiment va modellashtirish sinaluvchi faoliyati mahsuldorligini o’rganishga oidlari kiradi (5.4.1-rasm). 5.4.1-rasm Psixologiya va psixodiagnostikaning asosiy metodlari5.5. Psixodiagnostik metod yo’nalishlari Psixodiagnostik metod uchta asosiy diagnostik yo’nalishda aniqlanadi. Bu uch yo’nalish esa ko’pincha ma’lum metodikalardan foydalanadi xolos. Shu bois, bu yo’nalishlar psixodiagnostikada shartli ravishda quyidagi: “obyektiv”, “subyektiv” va “proyektiv” tarzida ifodalanadi. 5.5.1-rasmda ko’rsatilgandek, eng yuqorida psixologik tamoyillarning tadqiqotlari iyerarxik tarzda joylashgan. Pastroqda tadqiqot metodlari: noeksperimental (tavsiflangan), eksperimental va psixodiagnostik. Undan ham pastroqda har bir metodga mos yondoshishlar joylashgan. Eng pastki qismdan aniq metodika o’rin olgan. Diagnostik yondoshishda batafsil to’xtalish kerak. 5.5.1-rasm. Psixodiagnostik metod yo’nalishlari Diagnostik mijozning obyektiv yo’nalishi an’anaviy ikki turga bo’linadi. Bu shaxsiy xususiyat va intellekt testlaridan iborat metodikadir. Birinchi yo’nalish shaxsning nointellektual xususiyatlarini o’lchashga yo’naltirilgan, bo’lsa, ikkinchisi uning intellektual rivojlanish darajasini aniqlashga xizmat qiladi . S.L. Rubinshteyn o’z davrida insonning psixik xossalarini ikkita asosiy guruh xarakter va qobiliyat tashkil qilish to’g’risida mushohada yuritgan. Birinchi xossa guruhning holatini to’g’rilash bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchisi uni uyushtirish va ijrosini ta’minlab bergan. Intellektual rivojlanishning diagnostik darajasi, uning ko’p sonli testlaridan iboratdir (umumiy qobiliyat testlari). Shaxs xususiyatlarini aniqlovchi metodikani shartli ravishda “ta’sir qilish testlari” (“maqsadli shaxsiy testlar”) va “vaziyatli testlar”ga bo’lish mumkin. Maqsadli shaxsiy testlar ko’proq tarqalgan bo’lib, ularga persevtiv testlarni kiritish mumkin (masalan, niqoblangan figuralarni topish testi). Vaziyatli testlar tarkibidan esa, sinaluvchi hayotda sodir bo’ladigan o’xshash holatlar joy oladi. Shuningdek, obyektiv yo’nalishda yana ikkita asosiy test guruhlari o’zaro farqlanadi: Maxsus qobiliyat testlari (intellektning ayrim tomonlarini rivojlantirish darajasini o’lchash); Muvaffaqiyatga erishish testlari. Ular shaxsning ilmiy qobiliyati darajasini aniqlab berishga xizmat qiladi. Subyektiv yo’nalish ko’p sonli savollar to’plamidan iborat. Bu keng tarqalgan diagnostik qo’llanmalar, ya’ni shaxsiy, holat va kayfiyat so’rovnomalaridan tashkil topgan. Shuningdek mulohaza va savol-anketalariga ham bo’linadi. Diagnostik usul qo’llaniladigan tizimiylik “metod-yo’nalish-metodika” tarzida 5.5.1-rasmda o’z ifodasini topgan. Har bir yo’nalishning ichidan bir biriga o’xshash, yaqin metodikalarni ajratish mumkin. Lekin bu diagnostik yo’nalishlar orasida o’tib bo’lmas chegaralar yo’q va bo’lishi ham mumkin emas. Shu bois, mazkur klassifikasiyaning maqsadi ro’yxatni to’ldirish emas, balki hozirgi paytda eng muhim va dolzarb bo’lgan oddiy hamda qonuniy tizimiylikni topishdan iboratdir. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling