Psixodiagnostika va amaliy psixologiya haqida tushuncha


Psixodiagnostika metodlarning sifat va miqdoriy xarakteristkasi hamda individual-tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi


Download 1 Mb.
bet53/154
Sana03.12.2023
Hajmi1 Mb.
#1797015
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   154
Bog'liq
Psixodiagnostika-fayllar.org

6.5. Psixodiagnostika metodlarning sifat va miqdoriy xarakteristkasi hamda individual-tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi


6.5.1. Metodlarning sifat va miqdori xarakteristkasi

Alohida guruh tarkibiga tajriba ma’lumotlarining sifat va miqdoriy tahliliga asoslanadigan psixodiagnostik metodlarni kiritish mumkin. Ularga birinchi holda, tashxis qilinayotgan xususiyat ma’lum ilmiy tushunchalar yordamida ifoda etilsa, ikkinchi holda, uning shakllanganligini boshqa kishilar ko’rsatgichlari bilan solishtirgan nisbiy jihatini bayon etadi. Ba’zan sifat va miqdoriy xarakteristikalar bir metodikaning o’zida uyg’unlashib ketganligi bois, o’rganilayotgan xususiyat, ikkilamchi miqdoriy-sifat ko’rinishiga ega bo’ladi. Masalan, o’smirlardagi xarakter aksentuasiyasini diagnostikasiga aloqador A.Ye.Lichko testida, har bir o’rganilayotgan xislatlar xususiyat kasb etadi.




6.5.2. Individual-tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi
Ma’lumki, har bir shaxs o’ziga xos qaytarilmas dunyo. Dunyoda bir-biriga aynan o’xshash bo’lgan ikki kishini topish juda mushkul. Odam tashqi qiyofasi, bo’yi-basti bilan boshqa biror kimsaga o’xshashi mumkin, lekin fe’li, mijozi va shaxs xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil inson bo’la olmaydi. Hattoki, olimlar bitta tuxumdan rivojlangan egizaklarda aynan o’xshashlikni qayd qilishgan bo’lishsa-da shaxsiy sifatlari korrelyasiyasida ba’zi bir tafovutlar borligini aniqlashgan.

Shaxs – qaytarilmas, u o’z sifatlari va borlig’i bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida, uning individual-psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu bois, shaxs tushunchasi bilan yonma-yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izoh berish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu – “individ” va “individuallik” tushunchalaridir.


“Individ”, “odam” degan tushunchani to’ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi. Shuningdek, u o’ziga bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarni; ikkinchi tomondan, o’ziga va o’ziga o’xshashlarga xos bo’lgan umumiy hamda xarakterli sifatlarni qamrab oladi. Demak, individ – insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy kategoriyadir.
“Individuallik” – yuqoridagi har ikkala tushunchaga nisbatan torroq mazmun kasb etib, u konkret odamni boshqasidan farqlovchi barcha xususiyatlar majmuini o’z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil qiladigan bo’lsak, shaxs individualligiga, uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, emosiyalari, xulqiga xos motivasiya va ijtimoiy ustanovkalari kiradi. Aynan shu qayd etib o’tilgan kategoriyalarning barchasi shaxsdagi individuallilikni ta’minlaydi. Shu bois, bo’yi, eni, yoshi, sochining rangi, ko’z qarashlari, barmoq harakatlari bir xil bo’lgan insonlarni topish mumkin, lekin xarakteri, qobiliyatlari, temperamenti, faoliyat motivasiyasi va boshqalarga aloqador sifatlari majmui o’xshash odamni topib bo’lmaydi. Ular - individualdir.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling