Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanidan tayyorlagan


O’smirlarning suitsidal xulq-atvorini psixologik diagnostik tadqiq qilish


Download 54.78 Kb.
bet10/18
Sana27.01.2023
Hajmi54.78 Kb.
#1134339
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Shodmonova Pokiza

5. O’smirlarning suitsidal xulq-atvorini psixologik diagnostik tadqiq qilish.
Hozirgi vaqtda bolalar va o’smirlarda suitsidal tahdidni aniqlash uchun universal psixodiagnostik metodlar ishlab chiqilmagan. Suitsidal xavfni baholash uchun foydalaniladigan test, so’rovnoma, anketalar keng tarqalgan diagnostik metodlar hisoblanadi. Suitsidal xavfni baholash uchun belgilangan maxsus so’rovnomalar 2 ta guruhga bo’linadi: 1–metodlar, suitsidal fikr va kechinmalarga tegishli savollarni o’z ichiga oladi. 2– shaxsning individual omillarini, xususan, suitsid sodir qilish ehtimoli yuqoriligini aniqlaydi. Shuningdek, klinik so’rovnomalar keng tarqalgan bo’lib, ko’pincha, tibbiyot psixologiyasi va psixoterapevtik amaliyotda keng foydalaniladi. Diagnostik materiallardan tuzilgan uslubiy tavsiyalardan maqsad – bolalar va o’smirlarda suitsidal xulq-atvor haqidagi ma’lumotlarni tezkor olishga imkon yaratish. Ayniqsa, diagnostik amaliyotni o’tkazish uchun vaqt sarflash yaxshi natija beradi. Shu yo’l bilan diagnostik dalillar olish mezonlari shundayki, ular aniq, ixcham, informativ, oson ishlanadi, shaxsiy ko’rsatkichlarni qayta ishlashga kam vaqt sarflanadi. Metodik materiallar anketa, jadval va kichik so’rovnomalar ko’rinishida bo’ladi (1–11 ilovalarga qarang). Turli tashkilotlarning mutaxassislari ish davomida psixodiagnostik metodlardan voyaga etmaganlarni ko’rikdan o’tkazish masalalariga mos ravishda tanlab olib foydalanadilar.
Ishning diagnostik bosqichini uslubiy ta’minlash
Qatnashchilarning psixologik diagnostikasi suitsidal maqsadlarning darajalarini, kompleks birgalikning zarurligini, psixologik yordam strategiyasini aniqlashga yo’naltirilgan.
Suitsidal maqsadlar darajasini ifodalovchi metodlar:
1.M.Lyusherning ranglar testi. Psixoemotsional holat va nerv-psixik barqarorlik, kechinmalarning namoyon bo’lishi, keskin vaziyatlarda xulq-atvor xususiyatlari va o’z kuchi bilan shunday vaziyatlardan chiqish imkoniyatlari, depressiv holatlarga moyillik va affektiv reaktsiyalarni aniqlash imkonini beradi. Mazkur metodika kattalar va 5 yoshdan katta bolalar uchun mo’ljallangan. Suitsidal xulq-atvor xavfli alomatlari namoyon bo’lgan Q7Q4 guruhini tanlash hisoblanadi ya’ni muammolar, qiyinchiliklar, keskinliklardan asoratsiz va kutilmagan harakatlar bilan xalos bo’lishga intiladi. Xalos bo’lish yo’llarini qidiradi, engiltak qiliqlari bilan o’z joniga qasd qilishgacha qodir bo’ladi.

Download 54.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling