11.D.Rassel va M.Fergyusovning “Yolg’izlik hissining sub’ektiv darajasi uslubiy diagnostikasi”. Shaxsning yolg’izlik hissi darajasi namoyon bo’lishini aniqlashga yordam beradi.
12.S.G.Korchaginning “Yolg’izlik” so’rovnomasi. So’rovnoma yordamida o’smirlardagi yolg’izlik kechinmalarini diagnoz qilishga imkon beradi.
13. A.E.Lichkoning pataxarakterologik diagnostik so’rovnoma (PDS). 14–16 yoshli o’smirning xarakter aktsentuatsiyasini aniqlash uchun mo’ljallangan.
14. Bassa-Darki so’rovnomasi. Autoagressiya, o’zini o’zi ayblash, vijdon azobining namoyon bo’lishini aniqlash imkonini beradi. O’smir yoshdagi bolalar uchun mo’ljallangan. Psixologik yordam strategiyasini aniqlash uchun qatnashchilarni kompleks kuzatish doirasida yuqorida sanab o’tilgan metodlardan tashqari quyidagilardan foydalanish mumkin:
15. Rozentsveygning frustratsion barqarorlik testi. Bolalar varianti uslubi 4–14 (7–14) yoshli bolalar uchun ishlab chiqilgan. Test yordamida ijtimoiy adaptatsiya darajasini aniqlashga imkon beradi hamda o’quvchilarning tengdoshlari va o’qituvchilariga nomunosib munosabati sabablari (janjalli, agressiv, yakkalanish), stressli vaziyatlarda emotsional andozalarga mos munosabat bildirish darajalari aniqlanadi.
16. Kettellning shaxsiy omilni so’rovnomasi. O’smir va bolalardagi shaxs xususiyatlari, ijtimoiy adaptatsiya bosqichi, emotsional, shaxsiy muammolarini aniqlash imkonini beradi. Metodika bolalar (7–12 yosh) va o’smirlar (12–16 yosh) guruhi uchun mo’ljallangan.
Suitsidal xulq-atvorning diagnostik belgilari
1.Yakkalanish. Har bir odam uchun yakka o’zi qolishga intilishi tabiiy va normal holat. Ogoh bo’ling, odamovilik, yakkalanish uzoq davom etsa, odam o’zi bilan o’zi bo’lsa, do’stlari va o’rtoqlaridan chetlanib qoladi. Suitsidal o’smirlar teztez o’zi bilan o’zi qoladi, atrofdagilardan chetlashadi, uzoq vaqt o’z xonasidan chiqmaydi. Natijada ular musiqa tinglashadi, hayotdan butunlay uzilishadi.
2.Injiqlik, nozikta’blik. Har bir odam vaqti-vaqti bilan ma’yuslanib, injiq bo’lib qoladi. Bu holatga ob-havo, charchash, kayfiyat, ish yoki oiladagi noxushliklar sabab bo’lishi mumkin. Qachonki, odamning kayfiyati har kuni asabiylashishi va tushkunlik o’rtasida o’zgarib tursa, xavotirga sabab bo’ladi. Bundan emotsional o’zgaruvchanlik o’limdan xabar hisoblanadi.
3.Depressiya. Bu chuqur emotsional tushkunlik bo’lib, har bir odamda o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Ba’zilar odamovi bo’lib, yakkalanib qoladilar, ular o’zlarining hissiyotlarini shunday yaxshi niqoblaydilarki, atrofdagilar ularning xulq-atvorlaridagi o’zgarishlarni sezmaydilar. Bunday hollarda yagona yo’l – to’g’ridan-to’g’ri va ochiqchasiga bu odam bilan gaplashish.
4.Agressivlik. O’z joniga qasd qilish aktiga, ko’pincha, tutoqish, g’azablanish, nafrat, shafqatsizlik sabab bo’ladi. Ko’pincha, bunday ko’rinish suitsidentning o’ziga e’tibor qaratishi, yordam so’rashi hisoblanadi. Biroq, bunday chaqiruv, odatda, aks natija beradi – atrofdagilar suitsidentni yoqtirmay qolishadi, undan uzoqlashishadi. Hamdardlik o’rniga o’rtoqlari tomonidan qoralanishga erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |