Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanidan tayyorlagan
Quyidagilarda suitsidal xavf yuqori bo’ladi
Download 54.78 Kb.
|
Shodmonova Pokiza
Quyidagilarda suitsidal xavf yuqori bo’ladi:
-depressiv o’smirlar; -spirtli ichimlik va narkotikka ruju qo’ygan o’smirlar; -yo suitsidga uringan yoki oila a’zolaridan kimdir suitsidga qo’l urganda guvoh bo’lgan o’smirlar; -iste’dodli o’smirlar; -maktabda yomon o’zlashtirgan o’smirlar; -homilador qizlar; -tajovuz qurboni bo’lgan o’smirlar. Alohida-alohida olganda, o’z holicha, o’smir duch kelgan har bir vaziyat yoki muammolar, albatta, uning suitsidal xavfning yuqori chegarasida bo’lishini anglatmaydi. Biroq, bunday muammolar, so’zsiz uning hayotini qiyinlashtiradi. Bunday vaziyatlarning birontasiga duch kelgan o’smir emotsional, aqliy va jismoniy tomondan noxushliklarga qarshi turolmaydi va suitsid uning uchun eng to’g’ri yo’l, deb hisoblaydi. Bola va o’smirlik yoshida suitsidal xulq-atvor shakllanishi ko’p hollarda suitsident shaxsining ba’zi xususiyatlariga bog’liq. Bunday shaxslarda emotsional beqarorlik, yuqori hissiyot, sentizivlik, ta’sirchanlik kuzatiladi. Bu sifatlar xarakterga urg’u berish darajasigacha ifodalangan, ijtimoiy-psixologik dezadaptatsiyasi nuqtai nazaridan shaxsning pubertat davrini tashkil etadi. Xulosa qilib, o’smirlarga xos xususiyatlarni ajratib ko’rsatamiz: 1.O’smirlarda o’lim haqida aniq tasavvur mavjud emas. Katta odam o’lim – bu hayotning tugashi, deb tushunadi, o’smir esa buni oxirigacha tushunmaydi. Ular uchun qaysidir darajada virtual o’yin hisoblanadi. 2. O’smir uchun eng muhimi 3 ta muhit: oila, maktab, tengdoshlar. 3. O’smirning o’z joniga qasd qilish sababi avvaliga arzimas, hatto tasodifiy bo’lishi mumkin. 4.O’smirda suitsidal xulq-atvorning shakllanishiga o’smirlarga xos submadaniyat ta’sir ko’rsatishi mumkin. 5.O’smirda suitsid fikri va urinish bosqichi bo’lmasligi mumkin. 6. O’smir o’zida nimalar bo’layotganini, butun holatini yoki muammolarini tushuntirib berolmaydi. 7. O’smir uchun, ko’pincha, o’limga nisbatan o’sha voqelikda yashash qo’rqinchli. 8. O’smir suitsidi – bu ko’p hollarda yordamga chaqiruv, o’ziga e’tibor qaratish, o’z muammolarini “kattalarga xos” echishga urinish bilan tavsiflanadi Download 54.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling