3.Iqirozli vaziyat bo’limi ko’p profilli kasalxonalarda va suitsidal moyillik aks etgan situatsion reaktsiyalarda statsionar davolash-diagnostik yordam, psixogen va nevrotik depressiya, psixopatik reaktsiyalar va psixopatiya dekompensatsiyasi masalalarini echish uchun mo’ljallangan. Bunda bo’limning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
-suitsidal moyillik aks etgan situatsion reaktsiyalarda statsionar davolashdiagnostik yordam, psixogen va nevrotik depressiya, psixopatik reaktsiyalar va psixopatiya dekompensatsiyasi;
-aholiga psixoterapevtik, tibbiy-psixologik va ijtimoiy yordamni tashkil qilish;
-og’ir klinik holatlarda differentsial-diagnostik choralar ko’rish; -bemorlar uchun psixoterapevtik bo’lim tashkil qilish.
Suitsidal xulq-atvor profilaktikasi tuzilishi
Birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali profilaktika qilishni bir-biridan farqlash lozim. Dastlabki bo’g’in jamiyatga yo’naltirilgan bo’lib, suitsidal xavf omillarini profilaktika qilish maqsadini o’z ichiga oladi. Ikkinchi bo’g’in bevosita suitsidentga yordamni o’z ichiga oladi. Uchinchi profilaktika – bu suitsidentning tanqidiy holatdan chiqqandan keyingi reabilitatsiyasi, shuningdek, suitsidentning suitsidal xavf guruhidagi yaqinlari va qarindoshlariga yordam hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |